Joriy yilda oliy taʼlimga kiriş uçun 600 mingdan ortiq abituriyent hujjat topşirdi. Ularning qariyb uçdan bir qismi talaba bölişga muvaffaq böldi. Ammo universitetni tamomlagan yoşning keyingi taqdiri - qaçon iş topgani, qança daromad olayotgani, keyin qança vaqt işlayotgani yoki öqişini davom ettirgani ham taʼlim natijasining bir qismi sifatida qaralmoqda. Şu sababdan ham uşbu jarayonni raqamlar orqali baholaş uçun «Bitiruvçi sifati indeksi» joriy etildi.

«Bitiruvçi sifati indeksi» nimani körsatadi?

Universitetlar soni va talabalar sonining keskin oşişi abituriyentlar oldida tanlov masalasini ham kuçaytirdi. Qaysi OTMni tanlaş kerakligi, u yerda öqigan bitiruvçining keyingi natijasi qanday bölişi haqida obyektiv maʼlumotga ehtiyoj paydo böldi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi direktori Baxtiyor Yöldoşevning aytişiça, indeksning asosiy maqsadlaridan biri aynan talaba va ota-onalarga universitet tanlaşda inson omilidan xoli maʼlumot berişdir.

“Universitetlar juda köp. Demak, taklif köpayganda talabalarimiz yoki ularning ota-onalari: ‘Endi men qaysi universitetni tanlaşim kerak? Qaysi oliy taʼlim dargohini tanlaşim kerakki, men yoki farzandim ertaga bitirgandan keyin muvaffaqiyat qila olaman?’ degan savolni qöya boşladi. Şunda biz kördikki, xolis, heç qanday inson omili aralaşmagan, obyektiv maʼlumot beruvçi platformaga ehtiyoj paydo böldi. Şuning uçun ham «Bitiruvçi sifati indeksi» eng birinçi navbatda talabalarimiz va ularning ota-onalari uçun xolis maʼlumot beradi. Yaʼni qaysi universitetning asosiy talabalari muvaffaqiyatliroq, qaysi universitetda örtaça darajada, qaysi universitetda nisbatan pastroq - şuni körsatadigan xolis maʼlumot beruvçi platforma hisoblanadi. Bu yilgi «Bitiruvçi sifati indeksi»ning respublika miqyosidagi balli 50 dan oşgan bölsa, keyingi yil qanday özgaradi - oşadimi, kamayadimi? Oliy öquv yurtlari miqyosida ham xuddi şunday. Masalan, men oliygoh rahbari, rektori bölsam, bu yil nima işlar qildikki, oliygohimizning keyingi yilgi indeksi oşdi, degan savolga javob olişim mumkin. Bu ham bir yillik faoliyatimizni xolis baholab beruvçi instrumentga aylanadi”, - deydi agentlik direktori.

Diplomdan keyingi birinçi qadam: bitiruvçi işni qança vaqtda topyapti?

Indeksning asosiy körsatkiçlaridan biri - bitiruvçining işga joylaşiş tezligi. Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, ayrim oliy taʼlim muassasalarida bu muddat örtaça 2–4 oy atrofida ekani qayd etilgan. Bunda faqat işga kirişning özi emas, bandlik barqarorligi ham hisobga olinadi. Yaʼni bitiruvçining biror joyda qisqa muddat işlagani emas, kuzatuv davrida muntazam mehnat faoliyatini davom ettirgani ham baholanadi.

Biroq bu yerda muhim savol bor: bitiruvçining işga joylaşgani uning öz mutaxassisligi böyiça işlayotganini ham anglatadimi?

«Hozirgi indeksda bitiruvçining aynan öz mutaxassisligi böyiça işlayotganini körsatiş imkoniyati çeklangan. Çunki kasb va mutaxassislikni raqamli bazalarda töliq boğlaş qiyin. Şu sababli kelgusida bitiruvçilar örtasida sörov ötkaziş masalasini ham körib çiqyapmiz», - deydi Baxtiyor Yöldoşev.

Demak, indeks bitiruvçining mehnat bozoridagi holati haqida maʼlumot beradi, ammo hozirça «işga joylaşdi» va «öz sohasida işlayapti» degan ikki tuşunçani bir xil deb bölmaydi.

Universitetda öqitilayotgan bilim mehnat bozoriga mosmi?

Bitiruvçining iş topişi bilan boğliq yana bir masala - universitetda berilayotgan bilim va iş beruvçining talabi örtasidagi moslik. Taʼlim sohasi vakillarining aytişiça, bugungi kunda iş beruvçilar xorijiy til, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt va tadbirkorlik könikmalariga köproq eʼtibor qaratmoqda.

Oliy taʼlim taşkilotlari bölimi boşliği Abdusamad Mamanazarovning aytişiça, taʼlim yönalişlari böyiça malaka talablari iş beruvçilarning ehtiyojlari asosida şakllantirilmoqda.

“Bugungi kunda har bir taʼlim yönalişi, har bir mutaxassislik böyiça malaka talablari iş beruvçilarning talablari asosida şakllantirilmoqda. Iş beruvçilar birinçi navbatda xorijiy tilni, ITʼni, ayniqsa sunʼiy intellekt bilan işlaş könikmasini talab qilmoqda. 2024-yilda birinçi kurs dasturlari dunyoning top-300 universitetlari dasturlari asosida yangilandi. 2025-yilda ikkinçi va uçinçi kurslar böyiça ham şu işlar davom ettirildi. Joriy yilda esa 57 ta yangi taʼlim yönalişi va mutaxassisligi böyiça malaka talablari iş beruvçilar takliflari asosida şakllantirildi, 70 ga yaqin mavjud dastur qayta körib çiqildi. IT yönalişlarida ham sunʼiy intellektga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Joriy yildan boşlab IT fanlari modullarining 50 foizi sunʼiy intellekt bilan boğliq mazmun asosida şakllantirilmoqda”, - deydi u.

400 ming rezyume: bu işga joylaşişni anglatadimi?

Talabalarni mehnat bozoriga olib çiqişda Career.edu platformasi ham qöllanmoqda. Unda talaba öz rezyumesini şakllantiradi, taʼlimi, GPA körsatkiçi va sertifikatlari haqidagi maʼlumotlarni tizimga kiritişi mumkin.

Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantiriş markazi direktori Alişer Abdullayevning aytişiça, platformada sunʼiy intellekt yordamida iş suhbatiga tayyorgarlik köriş, talabaning qiziqişi va rezyumesiga mos vakansiyalarni topiş imkoniyatlari mavjud.

“Hozirda platformada 400 mingdan ortiq talaba rezyumesi şakllantirilgani aytilmoqda. Şuningdek, qariyb 10 ming talaba frilans xizmatlarini taklif qilmoqda. Iş beruvçilar esa nomzodlarni hudud, mutaxassislik, til sertifikati va tajriba kabi mezonlar asosida izlaşlari mumkin. Masalan, maʼlum bir hududda matematika yönalişini tamomlayotgan va B2 darajadagi til sertifikatiga ega talabalarni qidiriş mumkin.

«Iş beruvçi öziga kerakli talabani oddiy qidiruv bilan emas, maʼlum mezonlar asosida topişi mumkin. Masalan, Farğonada matematika yönalişini tugatayotgan, B2 sertifikatiga ega talabalarni topiş böyiça sörov beriladi va tizim mos nomzodlarni çiqarib beradi», - deydi markaz direktori.