RGCA tadqiqotiga köra, Uzum Market nafaqat onlayn xarid qiliş servislari orasida maşhur brendga aylandi, balki sönggi yillarning yetakçilari — Telegram va Instagramʼni foydalaniş çastotasi böyiça ham ortda qoldirdi.

Foto: Uzum Market

RGCA tadqiqotida 800 dan ortiq özbekistonlik iştirok etdi va tanlama butun mamlakat aholisini aks ettiradigan holda tuzilgan.

Şunday qilib, söralganlarning 98 foizi Uzum Marketʼni onlayn xarid qiliş servislari orasida tanladi, Olxʼni aytganlar esa 69 foizini taşkil etdi va yetakçi uçlikni 65 foiz iştirokçilar esga olgan Telegram yopdi. Şuningdek, röyxatda Instagram (60%), Texnomart (43%) va Aliexpress (40%) ham bor edi. Xarid qiliş uçun eng köp işlatiladigan servislar reytingida birinçi uçlikni Telegram (14%) va Instagram (10%) dan katta farq bilan Uzum Market (53%) boşladi.

Şu bilan birga, milliy marketpleysni 18-24 yoşdagi erkaklar eng faol ravişda özlaştirmoqda — uşbu toifadagi respondentlarning har biri sönggi oyda Uzum Marketʼda xarid qilgan. Eng faol onlayn xaridorlar esa Samarqand, Buxoro va Namangan şaharlarida yaşaydiganlar bölib çiqdi — uşbu şaharlardan söralganlarning 10 tasidan 6 nafari Uzum Marketʼda buyurtma bergan.

«Biz onlayn xarid qiliş uçun ixtisoslaşgan servislarning maşhurligi oşib borayotganini körmoqdamiz. Buyurtma tarqatiş punktlarining keng tarmoği mavjudligi yetkazib beriş tezligi bilan bir qatorda özbekistonliklarning xarid qiliş platformasini tanlaşda ahamiyatga ega asosiy omillardan biriga aylandi — bu yerda ham Telegram, ham Instagram dökonlari Uzum Market va uning ulkan logistika infratuzilmasidan ortda qolmoqda. Aytiş joizki, narxlarni taqqoslaş va biror narsa notöğri bölsa, mahsulotni qaytarib beriş imkoniyati öz-özidan onlayn xarid qiliş oldidagi tösiqlarni yengib ötişga yordam beradi va ilgari mahsulotlarga onlayn buyurtma berişdan qoçgan auditoriyani jalb qiladi, — deydi RGCA rahbari Vyaçeslav Karpov. — Bu yerda sarafan radiosi ham muhim rol öynaydi — sörovda qatnaşgan 10 kişidan 7 nafari Uzum Marketʼni oila va döstlariga tavsiya etişga tayyor, Telegram-şopingda esa bu körsatkiç atigi 27 foizni taşkil etdi».

Kompaniya haqida: Research Group Central Asia 2022 yil boşida iste’molçi tadqiqotlari bozorida töliq xizmat körsatuvçi agentlik sifatida taşkil etilgan. RGCA — bu birinçi navbatda, tadqiqot loyihalarini amalga oşirişda katta tajribaga ega bölgan mutaxassislardir. Kompaniya miqdoriy va sifatli tadqiqotlarning töliq spektrini olib boradi, IPSOS xalqaro operatorining rasmiy akkreditatsiyadan ötgan agentligi, şuningdek «Romir» tadqiqot xoldingining lisenziati hisoblanadi.