Toşkent şahrida YPX xodimlaridan biri qölidagi çiqindilarni köça çetiga taşlagan. Uning bu qoidabuzarligi öşa atrofda bölgan maşinalardan biriga örnatilgan kuzatuv kemarasiga tuşib qolgan.
Hodisa tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, Toşkent şahar ekologiya boşqarmasi xodimlari tomonidan YPX xodimi topilgan va unga qonuniy çora körilgan.
Ma’lum bölişiça, hodisa 2024 yil 5 fevral kuni keçki payt Yaşnobod tumanidagi köçalardan birida sodir bölgan. YPX xodimi avvaliga qölidagi plastik idişdagi narsani içgan va uni yerga qöygan. Söng uni yöl çetidagi beton ariq tomonga tepib yuborgan.

Qayd etilişiça, 2024 yil 8 fevral kuni qoidabuzarga nisbatan, MJtKning 91-1 prim moddasi 1-qismida körsatilgan qoidabuzarlik (Belgilanmagan joylarga qattiq maişiy çiqindilarni va quriliş çiqindilarini taşlaş, şuningdek suyuq maişiy çiqindilarni tökiş) böyiça ma’muriy jazo qöllangan.
Unga köra, YPX xodimiga BHMning uç barobari (1 mln 20 ming söm) miqdorida ma’muriy jarima solingan.












