IQAir veb-saytida 13 fevral kuni soat 14:10da Toşkent şahri havoning ifloslanişi böyiça dunyoda 3-örinni egalladi.

Havodagi PM-2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori 162 mkg/m3ni taşkil etgan. Bu JSST tavsiyalaridan 32,4 marta köproq.

Röyxatda Pokistonning Loxor viloyati birinçi, Hindistonning Dehli şahri ikkinçi örinda qayd etilgan.

«Özgidromet»ga köra, 13 fevral soat 9:00-10:00da Toşkent şahrining atmosfera havosidagi PM-2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori Yunusobod tumani “Bodomzor” yölida 56 mkg/m3ni, Çilonzor tumani Xalqlar döstligi maydonida 56 mkg/m3ni taşkil etgan. Qayd etilişiça, uşbu hududlarda havodagi çang miqdori AQI – RM 2,5 körsatkiçi böyiça havoning “nosoğlom”darajadagi ifloslaniş toifasiga kiradi.

11 fevral soat 22:00 holatida Toşkent havoning iflosligi böyiça dunyoda 6-öringa çiqqandi. Öşanda havoning iflosligi 189 deya baholangan. Bu körsatkiç ba’zi hududlarda hatto 200 dan ham oşgan.