Toşkentda 210 ta qoidabuzarlik qayd etgan va qidiruvda bölgan haydovçi topildi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, jarimalarni tölaşda fuqarolar uçun qulay bölgan tizim yölga qöyilganiga qaramay, hududlarda önlab jarimalarni öz vaqtida tölamagan qarzdorlar uçrab turmoqda.
Jumladan, Toşkent şahrida yaşovçi K.B. 210 marta yöl harakati qoidalarini buzib, jarimalarni tölamay kelgan. MIBning Yakkasaroy tuman bölimi davlat ijroçisi olib borgan ijro harakatlari davomida qarzdor K.B. qoidabuzarliklari uçun hisoblangan 55 mln 589 ming söm jarimani tölamagani aniqlangan. Şu sababli unga tegişli maşina jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
Qayd etilişiça, haydovçi uşbu qoidabuzarliklarni 2022-2023 yillar davomida sodir qilgan. Unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bölgan.
Oldinroq Andijonda 96 ta qoidabuzarlik uçun jarimaga bir Matiz’ning puli tölangani xabar qilingandi.











