«Buyuk turkman şoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firoğiy tavalludining 300 yilligini keng nişonlaş töğrisida» prezident qarori imzolandi. 

Unga köra, Maxtumquli Firoğiy tavalludining 300 yilligini nişonlaş böyiça taşkiliy qömita tuziladi. U yubiley sanani yuqori saviyada nişonlaş böyiça çora-tadbirlar dasturini tasdiqlaydi. 

Çora-tadbirlar dasturida:

- Maxtumquli Firoğiyning «Tanlangan asarlari» hamda uning hayoti va ijodiy faoliyatiga bağişlangan ilmiy maqolalar töplamini naşrga tayyorlaş va çop etiş;

- davlat buyurtmasi asosida Özbekiston va Turkmaniston kino ustalari hamkorligida Maxtumquli Firoğiyga bağişlangan badiiy film yaratiş;

- şoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida spektakl sahnalaştiriş;

- yoş xonandalar örtasida «Maxtumquli şe’rlari bilan aytiladigan eng yaxşi qöşiqlar ijroçisi» respublika tanlovini ötkaziş;

- Badiiy akademiyaning markaziy körgazmalar zalida özbek va turkman xalqlarining döstlik va qardoşlik aloqalarini tarannum etuvçi tasviriy san’at asarlari körgazmasini taşkil etiş;

- Xiva şahrida Fanlar akademiyasi, Yozuvçilar uyuşmasi, Xorazm viloyati hokimligi va boşqa tegişli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda «Maxtumquli ijodining özbek adabiyoti va san’atida tutgan örni» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ötkaziş;

- mamlakatimizdagi oliy va örta maxsus, kasb-hunar, umumiy örta ta’lim taşkilotlari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari hamda mahallalarda taniqli şoir va yozuvçilar, olimlar iştirokida uçraşuvlar, adabiy keçalar taşkil etiş;

- 2024 yil oktabr oyida Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston davlat akademik katta teatrida Maxtumquli Firoğiy xotirasiga bağişlangan ijodiy keça ötkaziş tadbirlari közda tutilgan. 

Turkman xalqining uluğ farzandi Maxtumquli Firoğiy nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida örin egallagan atoqli şoir va mutafakkirdir. U 1724 yilda tuğilgan. Xivadagi maşhur Şerğozixon madrasasida ta’lim olgan. 

Maxtumquli turkman şe’riy tilini sezilarli darajada özgartirib, uni xalq nutqiga yaqinlaştirgan. Şuningdek, u turkman adabiyoti uçun an’anaviy bölgan arab-fors ölçovidan voz keçib, uning örniga böğinlar tizimini joriy qilgan. 

1807 yilda vafot etgan va Eronda dafn etilgan.