Uşbu kredit muassasasi Contact tizimining operatori bölib, taşkiliy, hisob-kitob va kliring, axborot va texnik funksiyalarni bajaradi. Contact tizimining 100 foiz aksiyadori va uning operatori QIWI Group hisoblanadi.
Rossiya Markaziy banki xabarida aytilişiça, QIWI Bank «jismoniy şaxslar va yaşirin tadbirkorlik sub’yektlari örtasidagi hisob-kitoblarni ta’minlaşga qaratilgan yuqori xavfli operatsiyalar», jumladan kriptovalutalar, noqonuniy onlayn kazinolar, bukmekerlar va şu kabilar foydasiga pul ötkazmalari bilan şuğullangan. Bank federal qonunlarni, şu jumladan jinoiy daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraş sohasidagi qonunlarni buzgan.
Lisenziya bekor qilingandan söng, QIWI hamyonlarini mablağ bilan töldiriş va yeçib oliş imkonsiz bölib qoldi.
Özbekistonning «Ipak yöli» banki ham Contact orqali pul ötkazmalari böyiça operatsiyalar töxtatilgani haqida xabar berdi. Moliyaviy muassasa muqobil tölov tizimlaridan foydalanişni tavsiya qilmoqda.
Xalq banki ham «texnik sabablarga köra» Contact ötkazmalari töxtatilganini ma’lum qildi.
Contact tölov tizimi 1999 yilda oçilgan, birinçi rus pul ötkazmalari tizimi va bu sohada jahon yetakçilaridan biridir. Contact xalqaro tarmoği 180 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, Özbekiston, Tojikiston, Qozoğiston va Qirğizistonda 670 mingdan ortiq xizmat körsatiş punktlarini - bank filiallari, tölov terminallari, bank tölov agentlari ofislari va boşqalarni öz içiga oladi.












