2026-yil birinçi yarim yillikda Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi 9,3 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi va ötgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga oşdi. Bu haqda Markaziy bankning jismoniy şaxslarning valyuta operatsiyalari şarhida söz boradi.

Hisobot davrida eng köp ötkazmalar iyun oyida qayd etilgan - 2,2 mlrd dollar.
«Özbekistonga kelib tuşgan pul ötkazmalari hajmining ösişiga mehnat muhojirlari işlaydigan an’anaviy mamlakatlarda işçi kuçiga talab va iş haqlarining nisbatan yuqori darajada saqlanib qolişi bilan bir qatorda, milliy valyuta kurslarining yil boşiga nisbatan mö’tadil tebranuvçanligiga qaramasdan, umumiy mustahkamlanişi ta’sir qildi», deyiladi MB şarhida.
Regulyator mehnat migratsiyasi geografiyasining diversifikatsiyalaşuvi davom etayotganini, bu esa rivojlangan mamlakatlardan kelayotgan pul ötkazmalari oqimida ham öz aksini topayotganini qayd etgan.
Xususan, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida pul ötkazmalari Buyuk Britaniyadan 62 foizga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan - 27 foizga (Irlandiya 86 foiz, Litva 18 foiz, Niderlandiya 7 foiz), AQŞdan esa 19 foizga ösgan. Bu körsatkiç mamlakatlar kesimida quyidagiça özgargan:
- Qozoğistondan - 366 mln dollardan 469 mln dollargaça;
- AQŞdan - 313 mln dollardan 372 mln dollargaça;
- Janubiy Koreyadan - 282 mln dollardan 314 mln dollargaça;
- Turkiyadan - 266 mln dollardan 303 mln dollargaça;
- Buyuk Britaniyadan - 89 mln dollardan 144 mln dollargaça;
- Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan - 251 mln dollardan 319 mln dollargaça.

Hisobot davrida jismoniy şaxslarga kelib tuşgan mablağlarning 4,3 mlrd dollari (46,7 foizi) an’anaviy xalqaro pul ötkazma tizimlari orqali (2025-yilning mos davriga nisbatan ösiş 0,3 foiz), 4,8 mlrd dollari (51,7 foizi) xorijdan jismoniy şaxslarning bank kartalariga töğridan töğri – P2P ötkazmalar orqali (ösiş 32 foiz) hamda 142 mln dollari (1,6 foizi) bank ötkazmasi – SWIFT orqali (kamayiş 43 foiz) amalga oşirilgan.








