Sovuq kunlarda issiqlik beruvçi taomlar ayni muddao. Bunday havoda tana isişi uçun juda köp energiya sarflanadi. Töğri ovqatlaniş esa organizmning şamollaş va ötkir respiratorli infeksiyalarga çidamliligini oşiradi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumot berdi. 

Tibbiyot fanlari doktori, professor Nizom Ermatov sözlariga köra, sovuq havoda inson tanasi köproq vitaminlar va minerallar, ayniqsa, oqsil moddasini talab qiladi. Uning tarkibidagi aminokislotalar immunitetni kötarib, mikroblarga qarşi kuraşda yordam beradi. 

Tarkibida issiqlik saqlovçi mahsulotlarga greçka va jöxori yormalari, piyoz, sarimsoqpiyoz, yerqalampir, qalampir, zira, turşak, mayiz, baliq, qöy, mol, tovuq göşti, sut mahsulotlari, zanjabil çoyi, arpabodiyon çoyi va qahva kabi mahsulotlar kiradi. 

Nutritsiologlar vazn taşlaş uçun qişda parhezdan foydalanişni tavsiya etmaydi. Aksinça, aynan şu vaqtda organizm dam olişi va kuç yiğişi kerak. 

Sovuq mavsumda qizil va qora qalampir, zanjabil, dolçin kabi issiq ziravorlardan foydalaniş tavsiya etiladi. Ularning tarkibidagi qizdiruvçi moddalar ovqat hazm qiliş tizimining retseptorlarini qözğab, qonni tomirlar böylab tezroq aylanişi va issiqlikni ta’minlaydi. 

Qişda kam miqdorda yoğli göşt iste’mol qilib turiş ham zarar qilmaydi. Unda sovuqqa qarşi turiş uçun zarur bölgan araxidon kislotasi mavjud. Vitaminlarga boy mol, qöy jigari qişda A vitamini manbai sifatida organizm uçun zarur böladi. Xamirli ovqatlar ham tanani isitiş uçun xizmat qiladi. Bunday taomlar qiş uçun juda mos keladi. 

Qayd qilinişiça, issiq, töyimli ovqat iste’mol qiliş qişning sovuq kunlarida odamlarning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Ayniqsa, tovuqli şörva organizmda proteinning kerakli darajasini saqlab qoliş uçun muhim taomdir. 

Şakar iste’molini çeklaş salomatlik uçun ahamiyatli. Issiq va aççiq qahva organizmga undan köra köproq tetiklik bağişlaydi.