Yana vetoni işga solgan AQŞ, Avdiyivkada asir tuşgan ukrainlar va Rossiya bilan aloqani uzayotgan banklar - kun dayjesti
|01:11 / 22.02.202413 3929 min
Dunyoda sodir bölayotgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning muxtasar şarhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda taniştirişda davom etamiz.
Falastindagi vaziyat
AQŞ BMTning Xavfsizlik kengaşiga Jazoir tomonidan taklif etilgan Ğazodagi sulh haqidagi rezolyutsiyasiga yana veto qöydi. Bu AQŞning beşinçi marta Isroilni yoqlab veto qöyişi.
Vaşingtonning ta’kidlaşiça, hujjatning qabul qilinişi «barqaror tinçlikka erişişga imkon bermaydi».
Rezolyutsiyani qöllab Xavfsizlik kengaşining 10 nafar muvaqqat va 3 nafar doimiy a’zosi ovoz bergan. Birgina AQŞ qarşi bölgan, Buyuk Britaniya ikkilangan.
Ğazodagi qirğin töxtamayotgani sabab kundan kunga qurbonlar soni oşib bormoqda. Isroil agressiyaning 137-kuniga kelib, qamaldagi Ğazoda qurbonlar soni yana 103 taga köpaygan va 29 ming 195 kişiga yetgan. Sönggi sutka içida 142 kişi yarador qilingan. Yaradorlarning umumiy soni 69 ming 170 kişiga yetgan.
Haagadagi BMT Xalqaro sudi Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga nisbatan Genotsid töğrisidagi konvensiyani buzganlik töğrisidagi da’vo arizasini körib çiqişda davom etmoqda.
Yanvar oyida xalqaro sud oraliq qaror sifatida Isroil Ğazo sektorini qamal qilişni töxtatişi va köproq insonparvarlik yordamini eksklavga kiritişi töğrisida qaror çiqargan edi. Sud qarori bandlari bajarilmayapti.
BMTning butunjahon oziq-ovqat dasturi Ğazo sektorida ommaviy oçlik yuz berayotganini qayd etgan.
YUNISEF va BMT butunjahon oziq-ovqat dasturi tomonidan tayyorlangan hisobotga köra, Ğazo sektorining şimolida vaziyat tobora oğirlaşmoqda va ikki yoşgaça bölgan har oltinçi bola töyib ovqatlana olmayotganlikdan aziyat çekmoqda.
Dastur Ğazo şimolida oziq-ovqat yordamini tarqatişga qiynalmoqda va xavfsiz şart-şaroitlar yaratilgunga qadar uni töxtatib turişga majbur bölmoqda.
Qizil dengizdagi vaziyat
Husiyçilar Adan qöltiğida Isroilning MSC Silver kemasiga raketa zarbasi berganini e’lon qildi. Amerika harbiy kemalari bir neçta pilotsiz parvoz qurilmalarini urib tuşirgan. Şuningdek, husiyçilar Isroilning Eylat şahriga dronlar bilan hujum qilganini ta’kidlagan.
Husiyçilar Adan qöltiğida Amerikaga tegişli ikkita kemaga ham hujum qilgan.
Eron tomonidan qöllab kelinayotgan Yamanning «Ansorulloh» harakatiga a’zo isyonçilar Amerikaning Adan qöltiğida suzib yurgan ikkita kemasiga hujum uyuştirgan. Bu haqda harakatning harbiy vakili Yahyo Sariya ma’lum qilgan.
«Yamanning harbiy dengiz kuçlari bizga uyuştirilayotgan bosimlar va Ğazo sektoridagi falastin xalqining qamali hamda AQŞ va Buyuk Britaniyaning mamlakatimizga hujumiga javoban AQŞning Adan qöltiğidagi ikkita kemasiga hujum qildi», — degan u.
Sariyaning sözlariga köra, Sea Champion va Navis Fortuna kemalari nişonga olingan.
Tunda AQŞ yana Yaman böylab aviazarbalar bergan. Biroq borgan sari bunday zarbalar bema’ni köriniş olmoqda, çunki zarbalar natijasida husiyçilar tiyiliş örniga öz hujumlari intensivligini tobora oşirmoqda.
Ukrainadagi vaziyatga nazar
Ukraina boş vaziri mamlakat iqtisodiyotining uçdan bir qismi yöqotilgani va mamlakatni 10 mln fuqarolar tark etganini ta’kidlab ötdi.
«Rossiya agressiyasi tufayli biz iqtisodiyotimizning 30 foizidan, hududlarimizning 20 foizidan va 3,5 million iş örinlarimizdan ayrildik», — degan Denis Şmigal. Bundan taşqari, Ukrainada vayron qilingan yöllar 8400 kilometrni taşkil etmoqda. Birgina Kiyev oblastida 29 mingdan ortiq binolarga zarar yetkazilgan. Hozirgaça ularning 60 foizi ta’mirlangan xolos.
Şmigal Yevropa Ittifoqiga çiqib ketgan fuqarolar xavfsizlik bilan boğliq muammolar sabab Ukrainaga hozirça qaytmayotganini aytgan.
Dunyoning eng boy odami Ilon Mask Ukrainaning pozitsiyasi kundan kunga yomonlaşayotgani, agar sulh kelişuvi bir yil avval imzolanganda minglab odamlarning hayoti saqlanib qolgan bölişini ta’kidladi.
Mask şu yöl bilan X ijtimoiy tarmoğida Ukrainada öt oçişni töxtatib, Rossiya va Ukraina örtasida sulh muzokaralarini boşlaş fursati yetgani töğrisidagi postga öz munosabatini bildirgan.
Xabarda qayd etilişiça, Ukraina «uruşni yutqazib bölgan va endi heç narsa özgarmaydi». Çunki Kiyevda ğalaba qozoniş uçun odam yetarli emas.
Şuningdek Maskning postida Ukraina uçun 60 mlrd dollar Rossiyaning «Qrim va Ukraina şarqini özida saqlab qoliş» faktini özgartira olmasligi qayd etilgan.
«Ha. Bu voqelik qabul qilinişidan avval qança odam ölişi kerakligidagi savol oçiq qolmoqda xolos. Sulh kelişuvi bir yil avval imzolanişi kerak edi. Öşandan buyon minglab yigitlar halok bölişdi, Ukrainaning pozitsiyasi esa kundan kunga yomonlaşmoqda», — degan Mask.
Avdiyivkadan çekiniş
Bu orada Avdiyivkadan çekiniş asnosida Ukrainaning yuzlab askarlari asirga tuşgan bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqala boşladi. Baholaşlarga köra, 850 dan 1000 nafargaça askarlar asir tuşgan.
Bu haqda The New York Times harbiylarning baholaşlari va yuqori martabali ğarblik mulozimlarga tayanib xabar bermoqda.
Ğarblik mulozimlarning fikriça, ukrain qöşinlarining Avdiyivkadan olib çiqilişi juda yomon taşkillaştirilgan va juda keç boşlangan. Vaziyat Rossiya qöşinlari şaharni har tarafidan qurşab olişi bilan yanada yomonlaşgan.
Bundan taşqari, çekiniş asnosida aloqa bilan boğliq muammolar paydo bölgan, şu sababli askarlar asirga tuşgan yoki jang maydonida ölik va yarador holda qolib ketişgan.
Katta yöqotişlar sabab Ukraina qurolli kuçlarining Avdiyivkadan çekinişi Ukraina va uning ittifoqçilari avval hisoblaganidan köra kattaroq ahamiyatga ega bölişi mumkin. Asirdagilar va bedarak yöqolganlar soni köpligi armiyaning ruhiy holatiga ta’sir ötkazişi va safarbarlikni qiyinlaştirişi mumkin, deyişmoqda amerikalik mulozimlar.
Biroq Ukraina qurolli kuçlarining «Tavriya» guruhi spikeri bu axborotlarni rad etdi.
Ukrainaga yordam
Ukrainaga AQŞ va Yevropa davlatlaridan harbiy yordam depsinib qolgan bir şaroitda Şvetsiya öz taşabbusi bilan çiqdi.
Şvetsiya mudofaa vaziri uruş boşlangan buyon mamlakatning Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini e’lon qildi. Uning umumiy qiymati 700 mln AQŞ dollariga teng.
Yangi paketga artilleriya snaryadlari, RBS70 havo hujumidan mudofaa tizimlari, tanklarga qarşi raketalar, Carl Gustaf granatomyotlari, şturm katerlari, şuningdek, suv ostidan hujum qilişga imkon beruvçi qurol-yaroğlar kiritilgan.
Rossiyaga çeklovlar
AQŞ Aleksey Navalniyning qamoqxonada ehtimolli öldirilganiga javoban Rossiyaga nisbatan sanksiyalarning yirik paketi joriy etilişini e’lon qildi.
23 fevral juma kuni AQŞ Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgan sanasi va Aleksey Navalning ölimi tufayli yangi yirik sanksiyalar paketi joriy etadi. Bu xaqda Oq uyning milliy xavfsizlik böyiça vakili Jon Kirbi ma’lum qilgan, deb yozadi Reuters.
Sanksiyalar «Rossiyani janob Navalniy bilan sodir bölgan holat uçun javobgarlikka tortişi kerak», — degan Kirbi çeklovlar aynan nimalardan iborat bölişiga aniqlik kiritmasdan.
Bu orada Turkiya AQŞ sanksiyalari ostiga tuşib qolişdan hazir bölib, Rossiyaga mahsulot jönatişni qariyb teng yarmiga qisqartirgani ma’lum böldi.
Şu paytgaça Rossiyaning iqtisodiyotini ğarb mahsulotlari örnini bosuvçi tovarlar bilan ta’minlab kelgan, aksilsanksiya hablaridan biriga aylangan Turkiya 2024 yilning boşida yetkazib berişni keskin qisqartirgan. Rossiya kompaniyalarining tölovlarini ommaviy bloklayotgan turk banklari fonida, Turkiyadan eksport 39 foizga qisqargan, deb yozadi Reuters.
2024 yilning dastlabki oyida turk kompaniyalari Rossiyaga 631 mln dollarlik mahsulotlar yetkazib bergan, holbuki 2023 yilning yanvarida bu körsatkiç 1 mlrd dollar bölgan.
Xitoyning eng yirik banklari — Industrial and Commercial Bank of China (ICBC), China Construction Bank (CCB) va Bank of China Rossiyaning sanksiya ostiga tuşgan moliyaviy taşkilotlaridan tölovlarni qabul qilişni töxtatdi.
ICBC va CCB banklari qaysi banklararo ötkazmalar tizimidan foydalanilayotganidan qat’i nazar, sanksiya ostidan banklardan kelayotgan har qanday tölovlarni qaytarib yubormoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi