AQŞ Senatining tergovlar böyiça doimiy quyi qömitasidagi (PSI) yetakçi demokrat Riçard Blumental ehtimoliy moliyaviy qonunbuzarliklar va manfaatlar töqnaşuvini tergov qiliş doirasida Binance kriptobirjasi, Tether kompaniyasi hamda prezident Donald Tramp bilan aloqador kriptoloyiha vakillaridan hujjatlarni taqdim etişni talab qildi. Buni 2027-yil 4-yanvarga qadar bajariş lozim. Talab bajarilmagan taqdirda, senatorlar majburiy çoralarni qöllaş bilan ogohlantirdi.

Murojaat yöllanganlar orasida prezident oilasiga aloqador World Liberty Financial (WLFI) va Fight Fight Fight LLC kompaniyalari ham bor. Blumental uşbu tuzilmalar federal jinoiy taʼqib ostida bölgan xorijliklar bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirgan bölişi, çet el hukumatlaridan investitsiyalar jalb qilgani va davlat etikasi talablarini buzgan bölişi mumkinligi haqidagi xabarlardan söng, 2025-yilning may oyida ularning faoliyatini tekşirişga kirişgan edi.

Binance kriptobirjasi hamda eng yirik USDT steyblkoinini muomalaga çiqaruvçi Tether kompaniyasi esa sanksiyalarni çetlab ötiş va Tramp maʼmuriyati bilan tuzilgan bitimlar yuzasidan tekşirilmoqda. 2026-yil sentabrida quyi qömita demokratlari Eronning yaşirin bank tizimida USDT’dan foydalanilgani töğrisida hisobot eʼlon qildi. Şuningdek, mazkur davlat bilan boğliq 1,7 milliard dollardan ziyod tranzaksiyalar haqidagi xabarlar ortidan Binance’ga nisbatan ham savollar tuğildi. Bundan taşqari, qonunçilar birjaning WLFI bilan hamkorligida manfaatlar töqnaşuvi borligidan şubhalanmoqda. Avvalroq bir guruh senatorlar prezident tomonidan Binance asosçisi Çanpen Çjaoning qamoqdan afv etilişi holatlarini tekşirişni talab qilgan edi.

2026-yilning iyul oyida Blumental Tramp oilasining kriptobiznesiga bağişlangan ommaviy eşituvlar ötkazdi. Unda, xususan, TRUMP memkoini sarmoyadorlarining körgan zararlari muhokama qilindi; prezident esa öziga aloqador kriptoloyihalardan 1,4 milliard dollardan ortiq daromad olgan.

Senator, şuningdek, AQŞ içki xavfsizlik vaziri Markueyn Mallin, Federal aloqa komissiyasi raisi Brendan Karr hamda Oq uy bal zalining qurilişini moliyalaştirişga aloqador texnologik kompaniyalarga ham rasmiy ogohlantiriş yubordi. Uşbu tekşiruvlar immigratsiya xizmatlari tomonidan mansab vakolatlarining suiisteʼmol qilinişi, matbuotga bosim ötkazilişi hamda ehsonlar evaziga davlat imtiyozlari berilgan bölişi mumkinligi kabi holatlarni qamrab oladi.