Prezident tomonidan “Raqamlaştiriş sohasida malakali mutaxassislar tayyorlaş faoliyatini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaror imzolandi. 

2024 yil 1 martdan: 

  • nodavlat ta’lim taşkilotlariga bitiruvçisi IT-xizmatlarni eksport qiluvçi taşkilotga işga joylaşganda BHMning 75 baravarigaça, nogironligi bölgan yoş bitiruvçisi işga joylaşgan hollarda esa 105 baravarigaça bir martalik subsidiya ajratiladi;
  • xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoşlarning öqiş hamda uşbu sertifikatlarni oliş xarajatlarining 60 foizgaça bölgan qismi qoplab beriladi;
  • ingliz tilini biliş böyiça V2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bölgan yoşlarning xalqaro IT-sertifikatlar oliş xarajatlari töliq qoplab beriladi. 

Subsidiya bitiruvçisi IT-xizmatlar eksporti sohasida talab yuqori bölgan öquv yönalişlari böyiça tahsil olgan hamda IT-park rezidenti maqomiga ega bölgan IT-xizmatlarni eksport qiluvçi taşkilotlarga işga qabul qilingan nodavlat ta’lim taşkilotlariga ajratiladi. 

Subsidiya oliş hamda xarajatlarni qoplab beriş böyiça davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bepul körsatiladi.