Boş prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Guliston şahar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi şifokor yordamçisi tayyor ovqat mahsulotiga ijobiy sanitariya xulosasi olib berişni va’da qilib, 300 AQŞ dollari va 1,2 million söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda esa tuman sanitariya bölimi sanitar vraçi yakka tartibdagi tadbirkorning non işlab çiqariş tsexi uçun sanitariya-gigiyena xulosasini rasmiylaştirib beriş evaziga 9 million söm talab qilib, kelişilgan mablağning 400 AQŞ dollarini olgan vaqtida qölga olindi. Tekşiruvda uning avval ham 100 AQŞ dollari va 500 ming sömni firibgarlik yöli bilan olgani aniqlangan.

Xorazm viloyatida Urganç şahar sanitariya bölimi xodimi umumiy ovqatlaniş şoxobçasini oçiş uçun ruxsatnoma rasmiylaştiriş va olti oy davomida jarima qöllanmasligini va’da qilib, fuqarodan 2,4 million söm olgan vaqtida uşlandi.

Namangan viloyatida esa şahar sanitariya bölimi şifokor yordamçisi fuqaroga nodavlat maktabgaça ta’lim muassasasini oçiş uçun ijobiy xulosa olib beriş evaziga 1,2 million söm olgan vaqtida qölga tuşdi. Ma’lum qilinişiça, mazkur şaxs muqaddam sudlangan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotiga köra, barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 25, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Ayni paytda uşbu holatlar böyiça tergov harakatlari davom etmoqda.