Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston tabiiy suv havzalarida baliq ovlaş qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan:
- baliq ovlaş bilan şuğullanuvçilarning huquq va majburiyatlari;
- sport-işqibozlik turidagi va sanoat usulida baliq ovlaş;
- noqonuniy baliq ovlaş oqibatida yetkazilgan zararlarni hisoblaş;
- noqonuniy baliq ovlaş holatlarini aniqlagan baliqçilik xöjaliklari hamda vakolatli şaxsga pul mukofoti beriş tartibi va boşqa qoidalar belgilanmoqda.
Quyidagi muddatlarda baliq ovlaş taqiqlanadi:
- 11 martdan 31 mayga qadar – Amudaryo va Sirdaryoda;
- 26 apreldan 10 iyunga qadar – Qoraqalpoğistondagi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida;
- 16 apreldan 31 mayga qadar – boşqa suv havzalarida.
Sportçi-işqibozlarga sutkasiga 5 kg dan köp bölmagan miqdorda baliq (yoki belgilangan vazndan oşganda 1 ta baliq) ovlaşga ruxsat beriladi. Boşqa hollarda suv havzalariga biriktirilgan sub’yektlar bilan kelişilgan holda yoki tölov asosida baliqçilik xöjaliklarining yönalişlari böyiça baliq ovlaşga ruxsat beriladi.
Baliqçilik xöjaliklari tomonidan noqonuniy baliq ovlaş faktlarini aniqlaganda, undirilgan zarar miqdorining 15 foizi xöjalikning hisobiga yönaltiriladi.
Noqonuniy baliq ovlaşni bevosita aniqlagan va ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuzgan vakolatli şaxs yetkazilgan zarar miqdorining 15 foizi miqdorida rağbatlantiriladi.












