Dunyoda sodir bölayotgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning muxtasar şarhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda taniştirişda davom etamiz.
Falastindagi vaziyat
Isroil armiyasi Ğazodagi Xon Yunus şahrida butun bir mavzelarni bombardimon qilgan. Xon Yunus şahri ham Ğazoning janubida, Misr bilan çegaradagi Rafah şahriga yaqin joylaşgan.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Isroil falastinliklarni Ğazodan «siqib çiqariş» böyiça maqsadli siyosat olib borilayotganini ta’kidladi.
7 oktyabrdan buyon Ğazoda öldirilgan soni 30 mingga, yaradorlar soni esa 70 mingga yaqinlaşib qoldi.
Haagadagi BMT Xalqaro sudida Sudan Isroilning okkupatsiya ostidagi falastin yerlaridagi harakatlarining huquqiy oqibatlari eşitilayotgan çoğda Falastin xalqi öz taqdirini özi hal qilişga haqli ekanini ta’kidladi.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning Ğazo böyiça uruşdan keyingi rejalari barça umidlarimizga ters, degan BMT öz bayonotida.
«Bu reja bizning Ğazo aholisiga, şuningdek, Isroil va Falastin xalqining kelgusida yonma-yon yaşaş imkoniyatlariga nisbatan umidlarimizga zid», — deyiladi BMT bayonotida.
Isroil tomoni Ğazo aholisini Misrga siqib çiqarişni, Ğazoni falastinliklar, jumladan, HAMASdan butunlay tozalab, uni töliq okkupatsiya qilişni rejalaştirmoqda. Bu reja Isroil hukumatidagi ultraöng millatçilar tomonidan bot-bot yangramoqda.
Rossiya samolyotlari urib tuşirildi
Ukraina qurolli kuçlari keça oqşomda Rossiyaning ikkita harbiy samolyotini urib tuşirgani xabar qilinmoqda. Il-76 samolyoti bazasida yasalgan A-50 qömondonlik punkti Azov dengizi yaqinidagi Yeysk şahri yaqinida urib tuşirilgan. Samolyot qulagan joyida 10 nafar ekipaj a’zolarining kuyib ketgan jasadlari topilgan.
Turli pabliklar Ukraina bu samolyotni qandaydir yangi raketa turi bilan urib tuşirganini yozmoqda. Ikkita raketa uçirilgan. Birini aldovçi ötli qopqon çalğita olgan, ikkinçisi samolyotga aniq borib tekkan.
Ukraina Qurolli kuçlari havo kuçlari qömondoni Mikola Oleşçuk öz Telegram-kanalida uzoq radiolokatsion aniqlaşga möljallangan A-50 samolyotini Ukraina harbiy-havo kuçlari urib tuşirganini yozdi. Demak, samolyot «havo-havo» tipidagi raketa bilan urilgan.
Şuningdek, Xerson oblastining okkupatsiya ostidagi Geneçisk rayonida Rossiyaning yana bir Su-34 qiruvçi samolyoti urib tuşirilgani ma’lum qilinmoqda.
Ötgan bir hafta içida Ukraina Rossiyaning 7 ta harbiy samolyotlari urib tuşirilganini iddao qilmoqda.
Navalniyning ölimi: ma’lumot uçun mukofot
Navalniyning tarafdorlari uning qamoqxonada öldirilişi tafsilotlarini aniq sözlab bergan odamga 100 ming yevro mukofot va’da qilişmoqda.
20 ming yevrodan boşlangan mukofot puli tez orada 100 minggaça kötarilgan.
Bu haqda Navalniy tomonidan asos solingan va Rossiyada ekstremistik taşkilot deb topilgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş fondi direktori Ivan Jdanov ma’lum qilmoqda.
Navalniy hammaslaklari pul mukofoti bilan bir qatorda axborotni taqdim etgan kişining Rossiyadan çiqişiga va xorijda joylaşişiga yordam berişni ham taklif etişmoqda. Taklif kuçişlatar tizimlar, Federal xavfsizlik xizmati, Tergov qömitasi, içki işlar va prokuratura organlarida xizmat qilayotgan xodimlarga qaratilgan.
Darvoqe, 16 fevral kuni ölgani xabar qilingan Navalniyning jasadi hamon onasiga berilgani yöq. Uning onasi Lyudmila Navalnayaning oldiga ultimatum qöyilgan. Ona yo uç soat içida öğlining omma iştirokisiz yaşirinça dafn etilişiga rozi bölişi kerak yoki Navalniyning jasadi qamoqxona hududiga dafn etiladi.
Rossiyaga qarşi ğarb sanksiyalari
AQŞ, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Ukrainaga uruş oçilganiga ikki yil tölişi munosabati bilan Rossiyaga qarşi sanksiyalarning yangi paketlarini e’lon qilişdi.
Prezident Jo Bayden Rossiyaga qarşi 500 dan ortiq yangi sanksion çoralar joriy etilayotganini ma’lum qildi. Yangi sanksiyalar Navalniyning qamoqqa olinişi bilan boğliq şaxslarga ham qöllangan
AQŞ savdo vazirligi 93 ta kompaniyaga qarşi eksport çeklovlarini joriy etdi. Sanksiya ostiga tuşganlarning 63 tasi Rossiya kompaniyalari, qolganlari RF manfaatlarini közlab harakat qilgan boşqa davlatlar kompaniyalari. Jumladan, Turkiyadan — 16 ta, Xitoydan — 8 ta, BAAdan — 4 ta, Qirğizistondan — 2 ta, Hindiston va Janubiy Koreyadan bittadan kompaniya sanksiya ostiga tuşgan.
Masalan, bank sektoriga joriy etilgan çeklovlarda Rossiyaning «Mir» milliy tölov tizimi operatoriga qarşi sanksiya e’lon qilingan. Şuningdek, yangi sanksiyalar Avangard, Rostfinansbank, Çelindbank, Modulbank, Databank, Bistrobank kabi banklarni qamrab olgan.
AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi vakili Jon Kirbi AQŞning Rossiyaga qarşi sanksiya bosimi oşirilişini ta’kidlab ötgan.
«Kremlni Navalniyning ölimi uçun javobgarlikka tortiş borasida AQŞ prezidenti administratsiyasidan hali köp narsalarni kutişingiz mumkin», — degan jurnalistlarga Kirbi. U 23 fevral kuni joriy etilgan sanksiyalarni «hali bu boşlanişi», deb atagan.
Jumladan, AQŞ Moliya vazirligi Rossiya neftining yuqori narx çegarasiga ta’sir etuvçi qöşimça çeklovlarni joriy etiş niyatida.
Yevroittifoq ham Rossiyaga qarşi sanksiyalarning 13-paketini tasdiqladi. Röyxatdan 106 nafar jismoniy va 88 nafar yuridik şaxslar örin olgan.
Yevropa Ittifoqi joriy etgan aksilrossiya sanksiyalarida Qozoğiston va Özbekiston kompaniyalari ham sanksiyalar röyxatidan joy olgan.
Qozoğistonning elektron uskunalar bilan savdo qiluvçi Elem grup kompaniyasi Rossiyaga harbiy sanoat kompleksini qöllab-quvvatlagani uçun sanksiya röyxatiga tirkalgan. Röyxatdan, şuningdek, Özbekistonning Alpha Beta Creative va GFK Logistik Asia kompaniyalari örin olgan.
Şahzoda Salmonning omadsiz loyihalari
Saudiya Arabistonining valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmonning öta qimmatbaho va ambitsiyalari loyihalari Saudiya Arabistoni xazinasining tubi körinib qolişiga olib keldi — mamlakatda naqd pul va kreditlar tugab qolgan.
Saudiyaning milliy farovonlik fondi balansi törtdan uç qismga qisqarib, unda bor-yöği 15 mlrd dollar pul qolgan. Endi u pul topiş uçun Saudiyaning eng qimmatbaho kompaniyasi — Saudi Aramco aksiyalarini birjaga joylaştirişni öylamoqda.
Keling, Saudiya Arabistonining ulkan xarajatlaridan ayrimlarini sanab ötamiz.
Balandligi 400 metr bölgan ulkan kub şaklidagi bino qurilişi uçun 48 mlrd dollar sarflandi.
Avatsiya sohasidagi gigantlar bilan raqobat qilişi nazarda tutilgan global aviakompaniya tuzildi.
Çiplar va elektronika mahsulotlari işlab çiqaradigan fabrika uçun 100 mlrd dollar investitsiya kiritildi.
PGA Tour golf turniriga integratsiya qilindi, Saudiya futbol klublariga jahon darajasidagi futbol yulduzlari olib kelindi.











