Rossiya migrantlarning oilasiga soliq soladi
Rossiya mehnat migrantlariga oila aʼzolarini olib kelişni qimmatlaştiryapti. Içki işlar vaziri Vladimir Kolokolsev 2027-yildan migrantlar – Rossiyada yaşayotgan, işlamaydigan oila aʼzolari uçun qöşimça soliq tölaşini maʼlum qildi. U bu haqda 10-noyabr kuni Federatsiya kengaşidagi «hukumat soati»da gapirdi.
«2027-yildan boşlab migrantlar keladigan har bir oila aʼzosiga qöşimça soliq solinadi», dedi vazir. Uning sözlariga köra, bu çora ijtimoiy sohadagi yukni kamaytiriş uçun kerak.
Rossiya OAV xabariga köra, gap bir martalik yiğim haqida emas, balki patent narxi oşiriladi. Xususan, patent bilan işlayotgan migrant uçun tölov Rossiyada yaşayotgan har bir voyaga yetmagan farzandi hisobiga 50 foizga oşadi. Farzandni bir neça migrant boqayotgan bölsa, ustama ulardan faqat biriga qöllanadi.
Hujjatga izoh bergan huquqşunosning aytişiça, Moskvada oilasiz migrant uçun patent hozir oyiga 10 ming rubl turadi. Bitta farzandi bölgan migrant uçun esa bu 15 ming rublga çiqadi.
Bundan taşqari, migrantlar özi va oila aʼzolarini yaşaş minimumidan kam bölmagan darajada taʼminlaşi şart böladi. Daromad yetarli bölmasa yoki soliq öz vaqtida tölanmasa, patent bekor qilinadi. Bunday holda migrant bolalari bilan birga 15 kun içida Rossiyani tark etişi kerak.
Kolokolsevning aytişiça, 2025-yildan buyon migrantlarning işlamaydigan va öqimaydigan oila aʼzolari soni 20 foizga kamaygan. U buni asosan bolalarni maktabga qabul qilişdan oldin testdan ötkaziş talabi bilan boğladi.
Özgarişlar Özbekiston fuqarolariga bölgan mehnat muhojirlariga ham bevosita taʼsir qiladi. Markaziy bank maʼlumotiga köra, 2026-yil birinçi çoragida Rossiyada patent asosida 1,34 million özbekistonlik işlagan.
Abu-Dabidagi muzokaralar
Rossiya va Ukraina örtasidagi tinçlik muzokaralari 8 oylik tanaffusdan söng qayta boşlandi. 10-noyabr kuni ikki tomon vakillari AQŞ vositaçiligida Abu-Dabida uçraşdi. Uçraşuv bugun ham davom etadi.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio uçraşuv juda samarali ötganini aytdi, biroq tafsilot bermadi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa muzokaralarni «konstruktiv va ança mazmunli» deb atadi. Uning aytişiça, tomonlar harbiy asirlarni ozod qiliş va Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilgan.












