Tramp «töliq ğalaba» istayapti

AQŞ prezidenti Donald Tramp sönggi kunlarda Eron bilan uruşda ğalaba qozonilganini qayta-qayta takrorlamoqda. 11-noyabr kuni u Arlington milliy qabristonida Faxriylar kuniga bağişlangan marosimda sözga çiqdi. Washington Post’ning yozişiça, Tramp bu nutqida harbiy kuç işlatiş siyosatini himoya qildi.

«Biz ğalaba qozondik. Gap faqat [uruşni] qaçon tugatişni xohlaşimizda. Biz 93 foizlik emas, töliq ğalabaga erişişni istaymiz», dedi Tramp.

Oq uy rahbari Amerika Eron bilan uruş boşlamaganini, Eron esa 1979-yildan beri AQŞga qarşi uruş olib borayotganini aytdi. Tramp, şuningdek, Eronga Amerika kuçlari vayron qilgan narsalarni tiklaş uçun 25 yil kerakligini aytib, bundan ortiq vayronagarçilikka hojat qolmasligiga umid bildirdi.

Tehron esa boşqaça pozitsiyada. Eron Oliy milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Muhsin Rizoiy 11-noyabr kuni «Al-Mayadin» telekanaliga intervyu berdi. U AQŞ bilan heç qanday muzokara olib borilmayotganini aytdi. Uning sözlariga köra, Eronning yettita şarti bajarilmagunça Hörmuz böğozi yopiq qoladi. Rizoiy şuningdek, zarurat tuğilsa, Eron Yevropadagi Amerika harbiy bazalariga ham zarba berişi mumkinligidan ogohlantirdi.

Abu-Dabidagi uç tomonlama muzokaralar

Rossiya, Ukraina va AQŞ delegatsiyalari örtasida Abu-Dabida bölib ötgan muzokaralar 11-noyabr kuni nihoyasiga yetdi. Amerika tomoni «baʼzi imkoniyatlar» körganini aytdi, biroq qariyb beş yildan beri davom etayotgan uruşni tugatiş yölida biror yutuqqa erişilmadi.

Şu bilan birga, Moskva ham, Kiev ham yirik asirlar almaşinuvi tayyorlanayotganini tasdiqladi. Tomonlarga köra, u yaqin orada amalga oşirilişi mumkin.

Ukraina delegatsiyasi aʼzosi David Araxamiya bu raund eng oğir muzokaralardan biri bölganini aytdi. «Menimça, ruslar juda qatʼiy körsatmalar bilan kelişdi, şu bois muhokamani yumşatiş öta qiyin böldi», dedi u. Biroq Araxamiya ijobiy siljiş borligini aytib, keyingi raundni imkon qadar tezroq ötkazişga çaqirdi.

Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy esa ança keskin ohangda gapirdi. Uning sözlariga köra, hozir köp narsa Ukrainaga, AQŞning pozitsiyasiga va Yevropa aqlini yiğib oliş-olmasligiga boğliq. Medinskiy Yevropadagi yangi xavfsizlik tizimi «yangi Yalta va Potsdam» bölişi kerakligini ham aytdi. 1945-yilgi bu konferensiyalarda ğolib ittifoqçilar uruşdan keyingi Yevropani taʼsir doiralariga bölib olgandi.