Statistika agentligi hisobotiga köra, ötgan yili jinoyat sodir etgan 3599 nafar voyaga yetmaganlarning 82,6 foizi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ulardan 744 nafari 13-15 yoş, 2855 nafari 16-17 yoşlilardir. Qizlarning uluşi 8,7 foiz - 314 kişini taşkil etdi.
Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar eng köp Farğona viloyatida qayd etilgan - 700 nafar. Keyingi örinlarda Toşkent - 545, Namangan viloyati - 451 va Toşkent viloyati - 345 kişi. Eng past körsatkiçlar Jizzax - 54, Navoiy - 62 va Xorazm viloyatlarida - 66 kişi.
Jinoyat turlari böyiça voyaga yetmaganlarning aksariyati yoki 1602 nafari öğrilik (bir yil avval - 1581 nafar), 453 nafari bezorilik (284 nafar), 135 nafari firibgarlik (134 nafar), 181 nafari talonçilik va bosqinçilik (162 nafar) sodir etgan, 104 nafari qasddan badanga oğir şikast yetkaziş (74), 54 nafari - nomusga tegiş va nomusga tegişga uriniş (46), 27 kişi - tovlamaçilik (16) 12 nafari esa qasddan odam öldiriş va odam öldirişga uriniş (10) jinoyatini sodir etgan.
Voyaga yetmaganlarning 57 nafari giyohvandlik vositalarini işlab çiqariş yoki sotiş, 121 nafari ölimga olib kelmaydigan yöl-transport hodisalari, 4 nafari qalbaki pul yoki qimmatli qoğozlarni tayyorlaş yoki sotiş kabi jinoyat qilgan.
Jinoyat sodir etilgan vaqtda ularning 2730 nafari talabalar, 510 nafari işçilar, 148 nafari işlamaydigan yoki öqimaydigan, 8 nafari xizmatçilar, 190 nafari boşqa toifalarga mansub bolalar bölgan.












