Toşkent davlat yuridik universiteti talabalari uçun Toşkent şahar prokurori stipendianti tanlovi ötkazildi.
Tanlovda TDYuU bakalavriat bosqiçida ta’lim olayotgan barça kurslardagi 1000 nafardan ziyod talaba iştirok etdi.
3 bosqiçdan iborat bölgan uşbu tanlovda munosib bilimli talabalar yakunda ğolib deb topildi hamda Toşkent şahar prokurori stipendiantiga aylandi.

Qayd qilinişiça, quyidagi 4 nafar talaba şahar prokurori stipendiyasiga sazovor böldi:
- 1-bosqiç talabasi — Haydarova Şohida Ahror qizi;
- 2-bosqiç talabasi — Ozodov Inoyattulla Alişer öğli;
- 3-bosqiç talabasi — Mirzajonov Abrorbek Akmaljon öğli;
- 4-bosqiç talabasi — Abdurahmonov Komronbek Uluğbek öğli.
Bundan taşqari, uçinçi bosqiçda faol iştirok etgan tört nafar talaba: Nazarova Mohlaroyim Tölqin qizi — «Eng yaxşi taklif egasi», Yöldoşeva Dilafröz Sunnat qizi — «Eng yaxşi bilimdon», Nurimova Dilşoda Qurbon qizi — «Eng yaxşi notiq», Zayniddinova Şahzodaxon Faxriddin qizi — «Eng yaxşi taqdimotçi» nominatsiyalari böyiça taqdirlandi.
Ğoliblarga kelgusida prokuratura organlarida işlaşlari uçun şahar prokuraturasi tomonidan tavsiyanoma taqdim etildi.
Ta’kidlanişiça, Toşkent şahar prokurori stipendiyasi yoşlarning nazariy bilimlarini huquqni qöllaş amaliyoti bilan mustahkamlaş, prokuror kasbiy fazilatlarini şakillantiriş bilan boğliq tadbirlar majmuasidan iborat taşabbuskor loyiha hisoblanadi.












