Sintetik moddalarni iste’mol qilgandan keyin odam hamma narsaga befarq, iştahasiz bölib qoladi, hatto bir haftagaça uxlolmasligi mumkin. “Qölimni kuydirganimni faqat ertasiga bilardim. Oğriq sezmaysiz. Tişimda kariyes bor edi, bu modda ta’sirida deyarli hamma jağ tişlarimni yöqotdim. Tişim oğrigani özimga sezilmagan, kariyes bölaverganini bilmay qolganman”, deydi ulardan biri.

Sintetik moddalar iste’molidan keyin özida qanday jarayonlar sodir bölgani haqida şaxsi sir tutilişini istagan qahramonlar Kun.uzʼning Subektiv loyihasiga sözlab berdi.

Ulardan birining ta’riflaşiça, sintetik moddalarga örganib qoliş haddan taşqari ozğinlikka sabab böladi. Moddani iste’mol qilgan kişi umuman ovqatlanmaslik, qatorasiga bir neça kun uxlamaslik holatiga tuşişini aytadi.

“2-3 kunlab uxlamaydi inson. Orada bir köz ilinib ham qolmaydi, hatto bir haftagaça uxlay olmaslik mumkin. Özim 7 kun uxlamagan insonni körganman”, – deydi ulardan biri.

Yana bir qahramon moddani qabul qilganda oğriq sezmaydigan bölib qolganini aytadi.

“Qölimni kuydirganimni faqat ertasiga bilardim. Oğriq sezmaysiz. Tişimda kariyes bor edi, bu modda ta’sirida deyali barça jağ tişimni yöqotdim. Tişim oğrigani özimga sezilmagan, kariyes bölaverganini bilmay qolganman. Tişlarimning nervlari ölib, sinib, özi tökilib tuşdi. 1-2 ta jağ tişimni özim olib taşladim, qolganlari yo singan yoki kasallanib ketgan. Bu jarayonni şu modda ta’sirida sezmaganman”, – deydi u.

U bu modda ta’siridagi odamga heç nimaning farqi bölmay qolişi, hatto odam öldiriş yoki öğrilikka ham befarq bölib qolganini aytadi.

Videoda şuningdek, sintetik moddalar içki organlarni tom ma’noda yemirişi, miyadagi neyron hujayralarni birma-bir işdan çiqarişi, bunday moddalarni iste’mol qilişning oxiri ölim ekani aytiladi.