2024 yil 5 yanvar kuni Qöqon şahrida yaşovçi fuqaroga tegişli Nexia-2 maşinasi Qöqon şahar Sarboz köçasidan olib qoçilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni Qöqon şahrida yaşovçi, 23 yoşli Ş.S. va 20 yoşli A.S. sodir etgani aniqlanib, uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
“Fuqarolarimizdan avtomaşinalarini oçiq va qarovsiz qoldirmasliklarini va yuqoridagi şaxslardan jabrlangan fuqarolar bölsa, IIOga murojaat qilişlarini söraymiz”, deyiladi xabarda.












