Qöqon şahrida 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik işi qayta malakalandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, 2026-yil 28-sentabr kuni 2012-yilda tuğilgan voyaga yetmagan qiz Qöqon şahridagi mehmonxonada jinsiy zöravonlikka uçragan. Holat yuzasidan 29-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gumonlanuvçi uşlanib, 30-sentabr kuni unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
2026-yil 9-noyabr kuni Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan mazkur jinoyat işi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (ön tört yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tegiş) bilan qayta malakalangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Voyaga yetmagan jabrlanuvçining ruhiy holatini tiklaş hamda qonuniy manfaatlarini himoyalaş maqsadida unga Ijtimoiy himoya milliy agentligining masʼul xodimlari tomonidan psixologik va yuridik xizmatlar körsatilyapti.
Bolalar ombudsmani jabrlanuvçining protsessual huquqlari taʼminlanişi yuzasidan öz vakolatlari doirasida kuzatuvni davom ettirişini bildirgan.
Avvalroq Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farğona viloyati boşqarmasi ham rasmiy munosabat berib, holat agentlikning masʼul xodimlari tomonidan nazoratga olinganini maʼlum qilgandi.
Maʼlumot uçun: 2026-yil 14-oktabrdagi qonun bilan Jinoyat kodeksi 118-moddasi 4-qismi sanksiyasi özgartirilib, bunday qilmiş uçun 15 yildan 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan. Qonun 2026-yil 15-oktabrdan kuçga kirgan.
Eski tahrirda 118-moddaning 4-qismidagi qilmiş, yaʼni ön tört yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tekkanlik uçun 15 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgandi.













