Amerikaning Veeam Software va Object First IT kompaniyalari asosçilari Andrey Baronov va Ratmir Timaşev Rossiya fuqaroligidan voz keçdi. Bu haqda 29 fevral kuni Forbes naşri xabar berdi. Ikkala tadbirkor ham uzoq vaqtdan beri çet elda yaşaydi: Baronov Şveytsariyada, Timaşev esa - AQŞda. Rossiya pasportidan voz keçgaç, ular Kipr fuqaroligini saqlab qolgan.
2017 yildan 2021 yilgaça Baronov va Timaşev Forbes talqiniga köra Rossiyaning 200 nafar eng badavlat tadbirkorlari reytingiga kiritilgan. 2020 yilda jurnal Baronovning boyligini 770 million dollar, Ratmir Timaşevniki 680 million dollar deb baholagan. Ularning boyligi asosi - Veeam Software kompaniyasini Amerikaning Insight Partners vençur fondiga beş milliard dollarga sotişdan olingan daromad.
Forbes röyxatidagi 9 tadbirkor Rossiya fuqaroligidan voz keçdi
Andrey Baronov 2023 yilda Rossiya fuqaroligidan voz keçiş uçun hujjatlar taqdim etilişini LinkedIn ijtimoiy tarmoğidagi öz akkauntida e’lon qildi. U postda Rossiya qöşinlarining Ukrainaga kirişini tanqid qildi va «Ukraina hududidagi köçirilgan ukrainaliklarga» yordam bergan nufuzli gumanitar taşkilotlarga millionlab dollar xayriya qilganini aytdi.
Forbes ta’kidlaganidek, tadbirkorlar Rossiyaning Kiprdagi elçixonasida fuqarolikdan voz keçiş protsedurasidan ötgan. Baronov va Timaşev Ukrainada uruş boşlanganidan keyin Rossiya fuqaroligidan voz keçgan Forbes röyxatining sobiq va hozirgi a’zolari orasidan sakkizinçi va töqqizinçi tadbirkor böldi. Uruş boşlanganidan keyin Forbes’ning quyidagi iştirokçilari ham Rossiya fuqaroligidan voz keçdi: Ruben Vardanyan («Troyka Dialog»), Timur Turlov (Freedom), Yuriy Milner (DST Global), Nikolay Storonskiy (Revolut), Igor Makarov («Itera»ning sobiq egasi), Oleg Tinkov (Tinkoff Group asosçisi), Vasiliy Anisimov.









