«Imarat»da işlaganlar mehnat haqini sörab murojaat qildi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.
Qurilişda eskrou töğrisidagi qonun Senatga yuborildi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi «Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida»gi qonun loyihasini qabul qildi. Endi u Senatda maʼqullanişi va prezident tomonidan imzolanişi kerak.
Qonunga köra, fuqarolarning uluşli qurilişga kiritgan mablağlarini kafolatli himoya qiliş maqsadida mablağlar quruvçi ixtiyorida emas, bankda oçiladigan eskrou hisobvarağida saqlanadi. Quriliş belgilangan talablar asosida amalga oşirilib, obyekt foydalanişga topşirilganidan söng mablağ quruvçiga ötkaziladi. Aks holda mijoz uni qaytarib oladi.
Şuningdek, quruvçi (developer) faqat qonunda belgilangan talablarga javob bergan, Yagona axborot tizimida röyxatdan ötgan, vakolatli bank bilan boş bitim tuzgan va loyiha deklaratsiyasini eʼlon qilgan taqdirdagina aholi mablağlarini jalb qiliş huquqiga ega böladi.
Surxondaryoda soxta haydovçilik guvohnomalari yoqib, yöq qilindi
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida jinoyat işi böyiça aşyoviy dalil sifatida saqlangan soxta haydovçilik guvohnomalari yoqib, yöq qilindi. Mazkur jinoyat işi doirasida 11 nafar şaxsga nisbatan sud hukmi çiqarilgan, uning mazmuni maʼlum emas.
Qayd etilişiça, jinoyat işlari böyiça Angor tuman sudining ijro varaqasiga asosan, jinoyat işi doirasida aşyoviy dalil deb topilgan 277 ta soxta haydovçilik guvohnomasini yöq qiliş belgilangan. Sud hujjati ijrosini taʼminlaş maqsadida Majburiy ijro byurosining Angor tuman bölimi tomonidan tegişli ijro harakatlari ötkazilgan.
Haydovçini haqorat qilgan YPX xodimi işdan olindi
Toşkent şahrida haydovçini haqorat qilgan YPX xodimi egallab turgan lavozimidan çetlatildi.












