Uşbu haftaning juma oqşomida Ar-Riyod şahrida katta professional boks oqşomi doirasida Isroil Madrimovning rossiyalik Magomed Kurbanovga qarşi WBA kamari uçun jangi bekor qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Bunga özbekistonlik boksçining tibbiy körik natijalari salbiy çiqqani, BBBofC (British Boxing Board of Control) tomonidan tekşirilgan tibbiy nazorat natijalariga köra, jang ötkazilmasligi aytilgandi.

Tribuna.uz manbalariga köra, uşbu jang ötkaziladigan böldi. Isroil Madrimov rossiyalik Magomed Kurbanovga qarşi WBA kamari uçun çempionlik jangini ötkaziş uçun murabbiylari bilan birga Saudiya Arabistoniga yöl olgan. 

Ma’lumot uçun, 8 mart kungi Saudiya Arabistonidagi boks oqşomining asosiy jangi Entoni Joşua va Frensis Ngannu örtasida bölib ötadi.