Xitoylik mutaxassislar 24 ta optik özakka ega tolada real vaqtda ikki tomonlama maʼlumot uzatiş sinovini ötkazdi. Tajribada sekundiga 3,2 petabit, yaʼni 3 million 200 ming gigabitlik umumiy uzatiş tezligiga erişilgan.

Tadqiqotçilar bu natijani bitta optik tola orqali real vaqtda ikki tomonlama maʼlumot uzatiş siğimi böyiça yangi jahon rekordi deb baholamoqda.

Tajribada Xitoy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari korporatsiyasi - CICT tarkibidagi Optik aloqa texnologiyalari va tarmoqlari milliy laboratoriyasi, Pengcheng laboratoriyasi hamda Fiberhome Fujikura Fiber Optic Technology kompaniyasi mutaxassislari iştirok etgan.

Sinov uçun 10,3 kilometr uzunlikdagi köp özakli optik toladan foydalanilgan. U orqali maʼlumotlar bir vaqtning özida har ikki yönalişda uzatilgan. Eʼlon qilingan 3,2 petabitlik körsatkiç ana şu uzatişning umumiy siğimini ifodalaydi.

Tizimning asosiy xususiyati - bitta optik tola içida 24 ta alohida özak mavjudligi. Ularning har biri yoruğlik signallari orqali maʼlumot uzatiş uçun mustaqil yöl vazifasini bajaradi.

Tadqiqotçilar S, C va L deb belgilanadigan uçta tölqin uzunligi diapazonidan foydalangan. Bu yondaşuv maʼlumotlarni turli özaklar böylab parallel uzatiş texnologiyasi bilan birlaştirilgan. Natijada bitta tola içida minglab parallel uzatiş kanallari hosil qilingan.

Maʼlumotlarni real vaqtda barqaror uzatiş uçun tijoriy kogerent optik modullar va signalni şakllantirişning takomillaştirilgan usullari qöllangan. Özaklarning joylaşuvini optimallaştiriş esa ular örtasidagi özaro xalaqitlarni kamaytirişga yordam bergan.

Tadqiqotçilar keltirgan taqqoslaşga köra, C va L diapazonlarida işlaydigan odatiy bir özakli G.652 optik tolali tizimlarning siğimi taxminan sekundiga 100 terabitni taşkil etadi. Yangi tizimning umumiy uzatiş siğimi şu körsatkiçdan 32 barobar yuqori.

Şuningdek, jamoa özi işlab çiqqan optik modullarda S diapazonida har bir tölqin uzunligi uçun sekundiga 400 gigabit, C va L diapazonlarida esa sekundiga 1,2 terabit tezlikda real vaqtda maʼlumot uzatişni sinagan.

Ayni tadqiqotçilar jamoasi joriy yilning mart oyida 24 özakli optik tolada sekundiga 2,5 petabitlik ikki tomonlama uzatiş natijasini taqdim etgan edi. Yangi körsatkiç undan taxminan 28 foiz yuqori.