Sinov davomida X-59 nafaqat yuqori tezlikka çiqdi, balki uning barqarorligi, boşqaruvçanligi va konstruksiyaga tuşadigan yuklamalar böyiça hisob-kitoblarda belgilangan asosiy körsatkiçlar ham tasdiqlandi.

Biroq uşbu parvozdagi eng muhim natija samolyotning tezligi emas. NASA uçun asosiy masala X-59 tovuşdan tez uçganda yerda qançalik past şovqin hosil qilişi hisoblanadi.

Odatda samolyot tovuş tezligidan oşganda zarba tölqinlari yuzaga keladi va yerda juda kuçli portlaşga öxşaş ovoz - “sonik bum” eşitiladi. Aynan şu kuçli şovqin aholi yaşaydigan hududlar ustidan tijoriy tovuşdan tez samolyotlar parvoziga tösqinlik qilib kelgan asosiy omillardan biri hisoblanadi.

X-59 esa ana şu muammoni hal qiliş maqsadida yaratilgan. Muhandislar samolyot konstruksiyasini şunday işlab çiqqanki, anʼanaviy kuçli tovuş zarbasi örniga yerda ança past, yengil böğiq zarbaga öxşaş ovoz eşitilişi kerak.

Sinov natijalari X-59 uni işlab çiquvçilar belgilagan hisob-kitob körsatkiçlarini bosqiçma-bosqiç tasdiqlayotganini körsatmoqda.

Navbatdagi muhim bosqiç samolyotning akustik izini aniq ölçaş böladi. Bu sinovlarni 2026-yilning keyingi oylarida boşlaş rejalaştirilgan.

Buning uçun tadqiqotçilar yerda maxsus datçiklar tarmoğini örnatadi. Şuningdek, havodagi platformalarga mikrofonlar joylaştiriladi. Ular X-59 tovuşdan tez harakatlangan vaqtda paydo böladigan zarba tölqinlarini ölçaydi.

Töplangan maʼlumotlar mutaxassislarga X-59ʼning tovuşdan tez parvoz paytidagi aniq akustik xususiyatlarini belgilaş imkonini beradi.

NASAʼning Quesst missiyasi doirasidagi akustik sinovlar böyiça texnik rahbar Larri Kliattning taʼkidlaşiça, bu bosqiç faqat samolyotning özi uçun emas, balki uni yaratişda qöllangan muhandislik usullari va vositalari uçun ham muhim sinov böladi.

Uning fikriça, mazkur texnologiyalar kelajakda tijoriy tovuşdan tez uçuvçi samolyotlarni loyihalaşda asos bölib xizmat qilişi mumkin.

Şu bilan birga, X-59 oldida hali murakkab sinov parvozlari turibdi. Ularning asosiy vazifasi samolyot haqiqatan ham uni yaratişdan közlangan maqsad - anʼanaviy “sonik bum”ga nisbatan ança past tovuş hosil qila olişini isbotlaşdan iborat.

Agar yerda ötkaziladigan akustik sinovlar X-59 hosil qiladigan zarba tovuşi aholi yaşaydigan hududlar ustidan parvoz qiliş uçun yetarliça past ekanini körsatsa, NASA keyingi bosqiçga ötadi.