Kompaniya ma’lumotiga köra, rekord parvoz vaqti havoga kötarilişdan tortib, qönişdan keyin samolyot töliq töxtaguniga qadar bölgan umumiy vaqt asosida hisoblangan. Aviatsiyada aynan şu körsatkiç samolyotning real ekspluatatsiya şaroitidagi samaradorligini eng aniq aks ettiradi.

Rekord parvoz Los-Anjyeles xalqaro aeroportidan boşlanib, Britaniyadagi Farnboro aeroportida yakunlangan. Yangi natija avvalgi rekorddan 19 daqiqa yoki taxminan 3,6 foiz tezroq böldi.

Qiziği şundaki, avvalgi rekord ham yaqinda, 19 iyul kuni örnatilgan edi. Öşanda Global 8000 biznes-jyeti Farnborodagi aviasalonga parvoz qilib, uşbu masofani 8 soat 46 daqiqada bosib ötgan.

Gulfstream Aerospace prezidenti Mark Bernsning ta’kidlaşiça, haqiqiy aviatsiya rekordlari faqat havoda ötkazilgan vaqt bilan emas, balki samolyotning uçişidan tortib qönişdan keyin töliq töxtaşigaça bölgan umumiy vaqt bilan baholanadi. Uning fikriça, bu körsatkiç mijozlar har kunlik ekspluatatsiyada oladigan real samaradorlikni namoyon etadi.

Kompaniya qayd etişiça, uşbu natija Gulfstream G700 modelining yuqori tezligi, uzoq masofaga parvoz qiliş imkoniyati va ekspluatatsion samaradorligini yana bir bor tasdiqladi.