Jahonda koronavirusdan zararlangan 703,8 mln bemordan 7 mln dan ortiği vafot etgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov xabar berdi.
2024 yil 1 mart holatiga köra Özbekistonda kasallaniş 261 ming 085 nafarga yetdi, soğayiş 99,1 foizni taşkil qilmoqda. 1637 nafar (0,06 foiz) fuqaro uşbu kasallikdan vafot etgan.
Kasallikning tarqalganlik darajasi 1,0 ni taşkil etmoqda. JSST ekspertlari xulosasiga köra, bu körsatkiç 1,0 gaça bölsa vaziyat barqarorligini anglatadi.
Kasallikning yuqtirib oliş manbasi 35-43 foiz holatda kasallangan oila a’zosi yoki qarindoşlari, 6-7 foiz holatda bemor qöşnilari, 10-12 foiz holatda jamoat joylaridagi muloqot, 4-5 foiz holatda iş joyidagi muloqot ekanligi aniqlanmoqda.
Virus genomini örganiş (sekvenlaş) böyiça ötkazilgan söngi tahlillarning 100 foizida omikron ştammi aniqlangan.
2023 yil davomida qizamiqqa qarşi jami 1 mln 575 ming 558 nafar bolalar milliy emlaş kalendariga muvofiq emlandi. Ulardan 879 ming 314 nafari 1 yoşdagi va 696 ming 244 nafari 6 yoşdagi bolalar KPK vaksinasi (qizamiq+epidemik parotit+qizilça infeksiyalariga qarşi) bilan reja asosida emlandi.












