
Shu bilan birga, Core 5G SA uskunalari va RAN radio quyi tizimlari yetkazib beriladi va o‘rnatiladi.
NOKIA uskunalarini yetkazib berish bilan bir vaqtda 5G SA tarmog‘i uchun mahsulotlarni boshqarish va hisob-kitob funksiyalarini ta’minlash uchun Qvantel (Finlyandiya) kompaniyasidan BSS (Business Support System) platforma uskunasi yetkazib beriladi, o‘rnatiladi va ishga tushiriladi.
HEAD of EUROPE NOKIA rahbari Dr. Rolf Verner va Dmitriy Shukov UzReport telekompaniyasiga intervyu berishdi:
Perfectum bosh direktori Dmitriy Shukov ta’kidlaganidek: “Kompaniya O‘zbekiston Respublikasida yangi 5G SA tarmog‘ini imkon qadar tezroq ishga tushirishni rejalashtirmoqda va tarmoqni 2024 yil oktyabr oyida Toshkent va Toshkent viloyatida tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirishni kutmoqda. Kompaniya aksiyadorlari va rahbariyatining qarori 5G SA tarmog‘i mamlakat fuqarolari va korporativ mijozlar uchun imkon qadar to‘liq imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat. Bu davlat rahbarining sarmoyadorlar va biznes uchun qulay shart-sharoit yaratish borasidagi izchil qarorlari natijasida amalga oshirilmoqda. Muhim jihati shundaki, mazkur loyiha G‘arb moliyaviy tashkilotlari mablag‘larini jalb qilish hisobiga amalga oshirilayotgan mamlakat sarmoyaviy muhitiga ishonchning yuqori ekanligini bildiradi”.
Ahamiyatli jihati shundaki, Perfectum va Nokia o‘rtasidagi mazkur loyiha G‘arbiy moliyaviy tashkilotlar mablag‘lari hisobidan, O‘zbekistondagi «Sanoatqurilishbank» va boshqa banklar ishtirokida moliyalashtiriladi


Reklama











