Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning qarori bilan Unays Building MÇJga foydalaniş huquqi bilan berib yuborilgan Farğona şahridagi sobiq «Yoşlar köli» Sport vazirligiga qaytariladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.
«Olingan ma’lumotlarga köra, Farğona viloyati hokimining 2024 yil 29 yanvardagi tegişli qaroriga asosan Farğona şahar, «Oybek» MFY hududida joylaşgan sobiq «Yoşlar köli» bino-inşootlari Unays Building MÇJga investitsiyaviy va ijtimoiy loyihalarni amalga oşiriş uçun foydalaniş huquqi bilan berilgani, ya’ni sotilmagani ma’lum böldi.
Mazkur masalaga aniqlik kiritiş böyiça örganişlarda uşbu obekt Sport vazirligi tomonidan samarali foydalaniş uçun Farğona şahar hokimligi balansiga Farğona viloyat hokimining 2022 yil 30 dekabrdagi qaroriga asosan ötkazib berilgani, biroq hokimlik tomonidan obektga nisbatan kadastr hujjatlari rasmiylaştirilmagani aniqlandi.
Uşbu holatda, «Davlat mulkini boşqariş töğrisida»gi qonun bilan belgilangan tartib talablari bajarilmagan.
Xususan, qonun talablariga köra, davlat köçmas mulk obektlarini, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, operativ boşqaruv huquqi asosida bir davlat muassasasi yoki davlat unitar korxonasidan boşqa davlat muassasasi yoki davlat unitar korxonasiga ötkaziş töğrisida qaror Davaktiv agentligi tomonidan tegişli davlat organlari bilan kelişuvga köra qabul qilinişi belgilangan.
Şunga köra, amaldagi qonunçilik bilan belgilangan tartiblar buzilgani munosabati bilan Davaktiv agentligi tomonidan Sport vazirligiga obektni Sport maktabi balansiga qaytarib oliş, Farğona viloyati hokimligiga obektni Farğona şahar hokimligi balansiga ötkaziş va Unays Building MÇJga foydalanişga beriş töğrisidagi qarorni bekor qiliş böyiça joriy yil 6 mart kuni tegişli körsatmalar yuborildi», deyiladi Davaktiv agentligi xabarida.
Qöşimça qilinişiça, agentlik tomonidan uşbu davlat mulki obektini tegişli Sport maktabi balansiga qaytariş masalasi qat’iy nazoratga olinadi.
- Kun.uz oldinroq Xayrullo Bozorovning qaroriga köra Farğona şahri markazidagi «Yoşlar köli» mehmonxona, restoran, savdo majmuasi hamda köp qavatli turar joy binolari quriş uçun taşkil etilganiga 24 kun bölgan Unays building MÇJga doimiy foydalaniş huquqi asosida biriktirib berilgani yuzasidan suriştiruv e’lon qilgandi.
- Suriştiruvdan söng Farğona viloyati hokimining qarori ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlarga sabab böldi hamda faollar «Yoşlar köli» farğonaliklarga qaytarilişi kerakligi haqida yozişdi.












