AQŞ Respublikaçilar partiyasi vakili Nikki Heyli prezidentlik kampaniyasi yakunlanganini e’lon qildi. U partiya içidagi kuraşda Donald Trampning yagona raqibi edi. Ammo Heyli özining qisqa nutqida tarafdorlarini sobiq prezidentga ovoz berişga undamadi.
Heyli öz nomzodini 2023 yil fevral oyida e’lon qilgan edi. U munozaralarda muvaffaqiyatli iştirok etib, Donald Tramp nomzodiga muqobilini izlayotgan respublikaçilarning e’tiborini tortdi.
Ron DeSantis dastlabki saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan söng, Heyli Trampning partiya içidagi yagona raqibi bölib qoldi. Sobiq prezident raqibini «tovuq miya» deb atadi. Bunga javoban Heyli Trampni Ukrainaga yordam va’da qilişni istamagani va Vladimir Putinni Aleksey Navalniyning öldirilişida ayblamagani uçun tanqid qildi.
Heyli Vermont va Kolumbiya okrugidagi praymerizlarda ğalaba qozonişga muvaffaq böldi. Hatto yuqori çöqqida reytingi 20 foizga yetdi.
5 mart «superseşanba» kuni Heyli 15 ştatdan 14 tasida mağlubiyatga uçradi, ammo umumiy ğalaba uçun nazariy imkoniyatlarni yöqotmagan edi.
Heylining poygadan çiqişi sobiq prezident öz qarorgohi va Respublikaçilar partiyasi apparati resurslarini birlaştira olişini anglatadi – bu unga Jo Baydenga qarşi kuraşda yordam berişi mumkin. Şu bilan birga, exit-poll natijalariga köra, praymerizda Heylini qöllab-quvvatlagan saylovçilarning taxminan uçdan bir qismi noyabr oyida bölib ötadigan umumiy saylovlarda Trampni qöllab-quvvatlamoqçi emas.









