Eron energetika vaziri Ali-Akbar Mehrobiyon Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston bilan elektr energiyasi almaşinuvi uçun zarur zamin tayyorlab qöyilganini ma’lum qildi.

Mehrobiyon 4 mart kuni Tehronda Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov bilan uçraşuvda Eron hozir köpçilik qöşnilari bilan elektr energiyasi almaşayotganini aytdi. U Eron, Turkmaniston, Özbekiston va Tojikiston örtasida energiya almaşinuvi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratdi. 

U Eronning vakolatli kompaniyalari Özbekiston bilan elektrotexnika loyihalarini amalga oşiriş, elektr detallari va uskunalarini eksport qiliş, energetika uskunalari va elektr jihozlarini işlab çiqariş böyiça hamkorlik qilişga tayyorligini ta’kidladi. 

Ikki davlat prezidentlari muzokaralaridan söng tomonlar iqtisodiy, siyosiy, madaniy va tarixiy aloqalarni rivojlantirişga kelişib oldilar, dedi u. 

Ikki davlat özaro munosabatlarni barça sohalarda kengaytiriş uçun katta imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidlab, Eron va Özbekiston issiqlik va gidroelektr stansiyalarini quriş, texnik xizmatlar eksporti va hokazolarda hamkorlik qilişi mumkinligini aytdi. 

Özbekiston energetika vaziri, öz navbatida, Eron mintaqadagi elektr stansiyalari qurilişi böyiça yetakçi 5 davlat qatoridan joy olişini ta’kidlab, Eron bilan barça sohalarda aloqalar mustahkamlanişiga katta ahamiyat berişini ta’kidladi.