Toşkent şahar Ekologiya boşqarmasi hamda Toşkent şahar prokuraturasi hamkorligida olib borilgan örganiş natijalari böyiça mazkur qonunbuziliş holatini sodir etgan fuqaroning şaxsiga aniqlik kiritildi. U quriliş materiali hisoblangan (suyuq şpaklevka)ni qonunga xilof tarzda kollektorga özboşimçalik bilan oqizgani aniqlandi. 

Davlat inspektori tomonidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 91-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, BHMning ön barobari (3 400 000 söm) miqdorida jarima belgilandi.

Ifloslantirilgan Qoraqamiş kollektoridan ekologik laboratoriya uçun tahlil namunalar olingan, bugungi kunda mutaxassislar tomonidan tekşiruvlar ötkazilmoqda. Tekşiruv işlarining yakuniy natijalari böyiça tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanib, qoplama tölovlari undiriladi.