Boş prokuratura huzuridagi departamentning Toşkent viloyat boşqarmasi va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, fuqaro G.Ya. fuqaro A.X.ning işonçiga kirib, göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida Yangiyöl tumanidagi S. va A.O. şirkati a’zolariga tegişli bölgan 112 sotix yer maydonini 227 400 AQŞ dollari evaziga uning nomiga rasmiylaştirib olib berişini va’da qilib, uşbu pullar hisobidan 30 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, Departament hamda DXXning Andijon viloyati boşqarmalari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, Asaka tumanida faoliyat yurituvçi “O.Yo.” fermer xöjaligi iş yurituvçisi F.A. va “S.P.” fermer xöjaligi rahbari I.S. özaro til biriktirib, “O.Yo.” fermer xöjaligiga uzoq muddatga sotiş huquqisiz ajratilgan 30 sotix yer maydonini fuqarolar O.V. va X.T.ga firibgarlik yöli bilan sotişga kelişib, göyoki kadastr bölimida işlovçi tanişlari yordamida yer maydoni hujjatlarini rasmiylaştirib berişlarini aytib, 30 000 AQŞ dollarini olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Parkent tuman bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Unda, fuqaro M.M. qöşnisi B.U.ning işonçiga kirib, unga “Markaziy” MFY hududidagi 12 sotix yer maydonini göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida rasmiylaştirib olib berişini va’da qilib, evaziga 31 mln söm va 3 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborganligi aniqlangan. Tekşiruv davomida M.M. tomonidan 10 mln sömning qaytarilişi protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












