Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan şahri bölimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazildi.
Xabar qilinişiça, tadbir davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Yangi Namangan tumani bölimi boşliği F.A. va ustasi A.A. tezkor xodimlar tomonidan uşlandi.
Ular özaro til biriktirib fuqaro B.K.ning noturar binosidagi elektr hisoblagiçi göyoki nosoz ekanligi, dalolatnoma rasmiylaştirsa 300 mln söm jarima yozilişini aytişgan.
Söng agar 4 000 AQŞ dollari bersa dalolatnoma rasmiylaştirmasliklarini aytib, şundan 2 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















