Jinoyat işlari böyiça Namangan şahri sudi Özbekistondan Hindistonga sotiş uçun noqonuniy ravişda oltin olib çiqmoqçi bölgan ikki nafar fuqaroga nisbatan hukm öqidi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
2023 yil 24 iyul kuni DXXning Namangan viloyati hududiy boşqarmasi xodimlari hamda bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan şahridan Toşkent şahriga harakatlanayotgan Cobalt avtomaşinasi töxtatilib, közdan keçirilgan.
Namangan şahrida yaşovçi 46 yoşli yölovçi K.N.ning yonida yarim tayyor tilla zanjir holatidagi tilla taqinçoq borligi aniqlangan.
Şuningdek, Pop tumani hududida şu yönalişda harakatlanayotgan Lacetti avtomaşinasi töxtatilib, közdan keçirilgan. Namangan şahrida yaşovçi 33 yoşli yölovçi Ğ.O.da 29 dona yarim tayyor zanjir körinişidagi tilla taqinçoqlar borligi aniqlangan.
Ma’lum bölişiça, Ğ.O. notaniş şaxslardan juda köp miqdorda quyma tilla sotib olib, zargarlar orqali keyinçalik sotiş uçun zanjir yasagan.
Öz navbatida, K.N. Toşkent aeroportida bojxona nazoratini çetlab ötib, tilla taqinçoqlarni sotiş uçun Hindistonga olib ketişni rejalaştirgan.
Ekspertiza xulosasiga köra, 30 dona yarim tayyor tillaning oğirligi 1 kilogramm 516 gramm, qiymati esa 1 milliard 46 million sömni taşkil etgan.
Ğ.O. va K.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 182-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan (Bojxona töğrisidagi qonunçilikni köp miqdorda buziş) jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyat işlari böyiça Namangan şahri sudi Ğ.O.ni 3 yil, K.N.ni esa 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.












