BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarida saylovlar ötkazilişini tanqid qildi. Uning eslatişiça, noqonuniy anneksiya qilişga uriniş xalqaro huquqda heç qanday kuçga ega emas. Guterrişning sözlarini 15 mart, juma kuni uning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik keltirdi.
«BMT Ukrainaning xalqaro tan olingan çegaralari doirasidagi suvereniteti, mustaqilligi, birligi va hududiy yaxlitligiga qat’iy sodiq qoladi», dedi Guterriş.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik kengaşi 15 martdagi yiğilişida saylov masalasini ham muhokama qilgan. 50 dan ortiq davlat qöşma bayonotda xalqaro huquqni buzgan holda egallab olingan Ukraina hududlarida Rossiya prezidenti saylovlari ötkazilişini keskin tanqid qildi.
Saylovlardagi nomzodlar
Saylovda tört nafar nomzod iştirok etmoqda: amaldagi prezident Vladimir Putindan taşqari, LDPRdan Leonid Slutskiy, Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasidan Nikolay Xaritonov va «Novyye lyudi» partiyasidan Vladislav Davankov öz nomzodlarini ilgari surdi.
Rossiya Federatsiyasini 24 yil boşqarib kelayotgan 71 yoşli Putin yana olti yilga oliy davlat lavozimiga qayta saylaniş niyatida.
Aksiyalar
Fevral oyi örtalarida Qutb doirasidan taşqaridagi koloniyada vafot etgan rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning hamkorlari rossiyaliklarni 17 mart kuni soat 12:00 da saylov uçastkalariga borişga va şu tariqa siyosat hamda raqobatsiz saylovlarga qarşi norozilik bildirişga çaqirmoqda. Navalniyning özi hayoti davomida kampaniyani qöllab-quvvatlagan. Mixail Xodorkovskiy, Mixail Lobanov, Maksim Reznik, Dmitriy Gudkov va boşqa rossiyalik muxolifatçilar ham bu harakatni qöllab-quvvatladi. Siyosatçining bevasi Yuliya Navalnaya Ğarbni Rossiya Federatsiyasidagi saylov natijalarini tan olmaslikka çaqirdi.
Moskva prokuraturasi 17 mart kuni tuşdan keyingi mitinglarda iştirok etmaslik töğrisida ogohlantirdi. Asosiy saylov kuni tuşdan keyin saylov uçastkalarida «muvofiqlaştirilmagan harakatlar»da iştirok etiş jinoiy qonunbuzarlik sifatida baholanadi, deyiladi departamentda.












