Özbekistonning yangi tayinlangan elçisi Karomiddin Gadoyev 20 mart kuni Malayziya podşohi Sulton Ibrohimga işonç yorliqlarini topşirdi. 

Marosimdan söng keçgan muloqot davomida Özbekiston va Malayziya örtasidagi köp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. 

Malayziya podşohi Özbekiston prezidentiga yuksak hurmat va samimiy tilaklarini bildirdi. Özbekiston xalqiga fayzu baraka, tinçlik-osoyiştalik, taraqqiyot va farovonlik tiladi. Elçiga ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuksaltiriş yölidagi işlariga muvaffaqiyat tiladi. 

Özbekistonning yangi tayinlangan elçisi Karomiddin Gadoyev 30 noyabr kuni Kuala-Lumpurga taşrif buyurdi. Bunga qadar u Taşqi işlar vazirligining BMT va boşqa xalqaro siyosiy taşkilotlar bilan hamkorlik boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida işlab kelgan.