Moskva markazidagi «Krokus Siti Holl» konsert zalida Rossiya oxirgi 10 yilligidagi eng dahşatli terakt sodir etildi. Qurollangan odamlar zalga bemalol kirib odamlarni avtomatda otib taşladi. U yerda nima bölayotgandi özi? Bu dahşatdan omon çiqqanlar nima demoqda?

Terakt «Piknik» guruhi konserti boşlanişidan 10 daqiqa avval boşlandi. Qurollangan terrorçilar sipo kamfulyajda, zamonaviy qurollarda deyarli qarşiliksiz olomon içiga kirib borgan va töğri kelgan odamni otib taşlagan.

«Men hollda turgandim, avtomat ovozi eşitilganda hamma çiqiş eşigiga yopirildi va tiqilinç yuzaga keldi. Odamlar ust kiyimini olişni ham öylamay özini taşqariga urdi. Köçaga çiqqanimda yana avtomat ovozi eşitildi. Hozir «Krokus»ni politsiya örab olgan», deydi Svetlana ismli guvoh.

Aleksandr ismli guvohning aytişiça, otişma Moskva vaqti bilan soat 19:45 da boşlangan. Avvaliga odamlar nima bölayotganini tuşunmagan, keyin qurollangan odamlar örindiqlarga kötarilgaç, hamma özini metro tomondagi çiqiş eşigiga urgan.

«Bir xonaga kirdik, odamlar uning derazalarini sindirib taşqariga çiqqandi. Taşqarida kiyinişga ham ulgurmagan odamlar yölovçi avtobusini töxtatib, ularni olib ketişni söragan. Haydovçi esa ikki bekatdan keyin marşruti tugaşini aytib odamlarni olib ketmagan», deydi Aleksandr.

Foto: AGN «Moskva»

«Ostorojno, novosti» kanali bilan suhbatlaşgan yana bir manbaning aytişiça, odamlar otişma boşlangaç, avval tepaga, keyin pastga qoçgan.

«Polga yotib olgandik, keyin hamma tepaga intilayotganini kördik-da, biz ham ular ortidan ketdik. Tepaga çiqib çökkalab yotganimizda esa endi odamlar pastga tuşayotganini kördik. Keyin eskalator orqali pastga intildik.

Kimdir parkovkaga ötadigan derazani sindirdi va hamma özini öşa yerga urdi. Parkovkada bitta taksini kördik va özimiz tanimagan odamlar bilan birga amallab omon qoldik», deydi u.

«Odamlar tirik qoliş uçun yerga yotib olişdi. 15-20 daqiqa şunday yotişdi, köplar omon qoldi», deydi boşqa bir guvoh.

«Konsert boşlanişi arafasida otişma boşlandi. Boşida nima bölayotganini tuşunmadik, keyin men otişma, qoçamiz deb baqirdim-da, sahnaga yugurdim. U yerda kolonkaning orqasiga bekindim. Keyin odamlar sahna orqali qoçiş uçun men tomonga kötarilişdi. Şu tariqa avtoturargohga qoçib çiqdik. 5 daqiqa içida qoçib ulgurdik, omadimiz keldi deya olaman», degan boşqa bir guvoh.

ReN TV bilan suhbatlaşgan guvohlar ikkinçi qavatda qolib ketganini aytgan. Ular yonğin sabab bloklanib qolişgan.

Foto: RIA Novosti

«Zalga qurollangan odamlar kirib keldi. Ular birdan tomoşabinlarni öqqa tutişdi. Köziga köringan odamni otib öldirişdi. Ular Molotov kokteyli ham yoqişdi. Yonğin zinapoyasidan çiqmoqçi böldik, ammo u yopiq edi. 400-500 kişi tiqilib qoldik. Keyin köpçilik birinçi tölqinda markaziy eşikdan çiqib ketdik», degan omon qolgan erkak.

Bu orada terrorçilar içida bölgani taxmin qilinayotgan «Reno» maşinasining ham daragi çiqdi. Ulovning sobiq egasi uni bir hafta avval sotgani, tarmoqda maşinasining suratini körib şokka tuşganini aytgan.

«Bu mening maşinam edi. Suratlarni körib hayron qoldim. Xotinimning akasiga qönğiroq qilib tuşa olmayapman. U maşina örtoğiga kerak ekanini aytgandi. Qaynim keçqurun qönğiroq qilib, bugun maşinani hisobdan çiqara oliş olmasligimni söradi», deydi maşinaning sobiq egasi.

Oxirgi ma’lumotlarga köra, terakt qurbonlari soni 62 nafarga yetgan.