Andijonda qoidabuzar haydovçi jarima maydonçasidan devor oşib qoçib ketdi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 24 yoşli haydovçi temir yöl pereyezdini kesib ötişda qoida buzgan. Uni töxtatmoqçi bölgan yöl-patrul xizmati inspektori işorasiga böysunmay, töxtamasdan ketib qolgan.

Haydovçi kuzatib borilib, Kiçik daha hududida töxtatilgan. U haqdagi ma’lumotlar tekşirilganda, 30 dan ortiq qoidabuzarlik, 100 mln sömdan ortiq muddati ötgan jarimasi borligi aniqlangan.

Transport vositasi jarima maydoniga olib borilgan. Inspektor haydovçiga çora körayotgan paytda, u jarima maydoni devoridan oşib ötib, qoçib ketgan.

Holat yuzasidan haydovçiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.