SU7 sedani 3 xil versiyada 9 xil rangda işlab çiqariladi. Narxi esa komplektatsiyasiga qarab 29900 dan 41500 dollargaça. Qayd etiş joiz, taqdimotdan avval maşinaning narxi 41—69 ming dollar atrofida bölişi aytib kelinayotgan edi.
Elektromobilning bazaviy versiyasi 100 km tezlikka 5,28 soniyada çiqadi, uning maksimal tezligi soatiga 210 km. Bir martalik töla quvvat bilan CLTC sikli böyiça 700 km masofa bosib ötadi.

Ikkkinçi versiya SU7 Pro deb nomlanib, uning akkumulyator siğimi kattaroq. Bu maşinaga bir martalik quvvat bilan 830 km masofa bosib ötiş imkonini beradi.
Eng top versiya SU7 Max deb nomlanadi. 100 km tezlikka çiqişi uçun atigi 2,78 soniya kifoya qiladi. Maksimal tezligi ham avvalgilaridan yuqori — soatiga 265 km. Ikki elektromotor jami 673 ot kuçini beradi. Bir martalik töla quvvatlaniş bilan 800 km masofa bosib ötiş mumkin.

Elektromobilning Pro hamda Max versiyalarini tezkor quvvatlaş funksiyasiga ega. Bu orqali 15 daqiqada 510 km masofaga yetadigan quvvatga ega bölinadi. Standart versiya esa 15 daqiqada 350 km masofaga yetadigan quvvat bilan ta’minlanadi.
SU7 salonida 4,7 litr hajmli muzlatgiç mavjud. Unda içimliklarni muzlatilgan holda saqlaş mumkin.

Elektromobilning hajmi şunday: uzunligi 4997 mm, eni 1963 mm, böyi esa 1455 mm. Ğildiraklar bazasi 3000 mm. Avtomobilning yukxona siğimi hajmi ortida 517 litrni, oldida esa 105 litrni taşkil qiladi.
Xitoyning 29 ta şahrida bugundan sotuvlarga start berildi. Sotuvlar boşlangandan 4 daqiqa ötib, Xiaomi SU7 sotuvi 10 ming donadan oşib ketdi. Bu har soniyada 40 tadan köproq maşina sotilganini anglatadi.
SU7 ilk xaridorlariga yetkazib beriş aprel oyining söngidan boşlanadi.











