Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida yuz bergan terrorçilik harakatiga aloqador yana bir gumonlanuvçi qölga olindi. Bu haqda Rossiya Tergov qömitasi xabar berdi. 

Tergovçilarga köra, u «terrorizmni moliyalaştiriş sxemasida» iştirok etgan. Tergov qömitasi suddan uni hibsga olişni söraydi. Xabarda gumonlanuvçining şaxsiga oydinlik kiritilmagan. 

Hozirgi vaqtda 8 nafar gumonlanuvçining şaxsi ma’lum. Ulardan 4 nafari bevosita konsert zalida odamlarga öq uzgan: Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rajabalizoda, Şamsidin Fariduni va Muxammadsobir Fayzov. 

3 nafari terrorçilar foydalangan «Reno» avtomobili bilan boğliq: Dilovar Islomov avtomobilning oxirgi egasi bölgan, uning akasi Aminjon Islomov va otasi Isroil Islomov. 

Şuningdek, Alişer Qosimov, tergov versiyasiga köra, öz kvartirasini terrorçilarga ijaraga bergan. 

Şuningdek, Rossiya Tergov qömitasining ma’lum qilişiça, «Krokus»dagi terakt ijroçilari Ukrainadan mablağ va kriptovaluta olgan. 

«Qölga olingan terrorçilar bilan işlaş, ulardan qölga olingan texnik vositalarni örganiş va moliyaviy operatsiyalar töğrisidagi ma’lumotlarni tahlil qiliş natijasida ularning ukrainalik millatçilar bilan aloqasi borligiga oid dalillar olindi», deyiladi xabarda.