Telegram messenjeri asosçisi terrorçilik aktlari sodir etişga çaqirayotgan akkauntlar aniqlanib, paydar-pay blok qilinayotgani, messenjer zöravonlikka tarğib joyi emasligini ta’kidladi.

Pavel Durov özining Telegram kanalida şunday deb yozdi:

«4 kun muqaddam Telegram’ning rusiyzabon foydalanuvçilari notaniş kimsalardan teraktlarga çaqiruv borasida yozişmalar bölayotgani haqida şikoyat qila boşlaşdi.

Bunday şikoyatlar olinganidan bir soat ötib, biz bu faollikning oldini oliş uçun bir qator texnik va taşkiliy çoralarni qölladik.

Natijada bunday xabarlar jönatişga bölgan ön minglab urinişlarning oldi olindi va bu fleşmobda iştirok etayotgan minglab foydalanuvçilar özlarining Telegram akkauntlari umrbod bloklanişiga duçor bölişdi.

Kelgusi haftaning boşidan boşlab Rossiya, Ukraina va Belarusdagi barça foydalanuvçilarga özlariga şaxsiy yozişma jönata oladiganlar doirasini çeklay oliş imkoniyati taqdim etiladi. Biz şuningdek, sun’iy idrok asosida istalmagan yozişmalarni yanada samaraliroq filtrlaş yeçimlarini joriy etmoqdamiz.

Telegram — noqonuniy jönatmalar va zöravonlikka çaqiruv joyi emas», — deb yozgan Pavel Durov.

Eslatib ötamiz, Moskvadagi «Crocus City Hall»da terakt uyuştirganlikda ayblanib, qamoqqa olingan gumondorlar dastlabki söroqda ular Telegram messenjeri orqali yollanganini aytişgan. Şundan söng messenjerning rossiyalik foydalanuvçilari turli joylarda terakt uyuştiriş böyiça noma’lum kimsalardan takliflar kelib tuşayotganidan şikoyat qilişgan edi.