Qozoğistonda suv toşqini tufayli Abay, Aqtöbe, Qöstanay va Ğarbiy Qozoğiston viloyatlari aholisi evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda Qozoğiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, hozirgaça 1400 nafardan ortiq odam öz uyini taşlab ketgan. Bular asosan havo haroratining keskin oşişi va bir neça kundan beri töxtamayotgan yomğir tufayli suv bosgan kiçik aholi punktlari aholisidir. 

Keça tunda Qöstanay viloyatining Ekidin, Oqqisi, Qiziljuldiz, Yangiqala qişloqlari va töqqizta qönalğa aholisi suv bosgan hududlardan evakuatsiya qilingan. Operatsiyada Mi-171Ş, Mi-17 va Mi-8 transport-jangovar vertolyotlari ekipajlari iştirok etmoqda. 

Evakuatsiya qilinganlarning barçasi Orqaliq şahridagi evakuatsiya punktlariga yetkazildi, deb xabar qildi Qozoğiston Mudofaa vazirligi. 

Qöstanay viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği Qayrat Qosim mintaqadagi vaziyatni izohlar ekan, bunday suv toşqini 1990 yildan beri bölmaganini aytdi. 

«30 yildan ortiq heç kim bunaqasini körmagan! Yoğingarçilik juda tez boşlandi. Qor zaxirasi taxminan 200 foizni taşkil etdi, yer yuzi 40 sm dan 1 metrgaça muzladi, oqibatda suv singmadi va aholi punktlariga oqdi», dedi u.