Namangan viloyati, Pop tumanidagi davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyaçisi va yordamçilari öz xizmat vazifalariga loqaydlik bilan munosabatda bölgani sababli jazolandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinişiça, M.T. 2019 yilda tuğilgan öğlining Pop tumanidagi davlat maktabgaça ta’lim taşkilotiga qatnaşi, 21 fevral kuni pedagog xodimlar guruhdagi bolalarni qarovsiz qoldirgani, şu sababli u pedagog xodimlarga e’tiroz bildirganini ma’lum qilgan.
Şundan söng, tarbiyaçilar bolaga ruhiy bosim ötkazib, uni haqorat qilgani ta’kidlanmoqda. Ota ularga nisbatan qonuniy çora körib, farzandining huquqlari himoya qilinişini söragan.
Bolalar ombudsmani sörovi asosida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgaça ta’lim agentligi uşbu holatni atrofliça örgangan. Natijada xodimlar öz xizmat vazifalariga loqaydlik bilan munosabatda bölgani aniqlangan.
Ularga nisbatan Mehnat Kodeksining 312-moddasi 1-bandiga asosan hayfsan intizomiy jazo çorasi qöllangan.











