Fransiyaning oliy konstitutsiyaviy organi mamlakat parlamenti tomonidan iyul oyida qabul qilingan va prezident Emmanuel Makron sentyabrdayoq kuçga kiritişga va’da bergan – 15 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlovçi qonunni Konstitutsiyaga zid deb topdi.

Konstitutsiyaviy kengaş yangi qonun 15 yoşgaça bölgan bolalarning söz va muloqot erkinligini çeklaşga olib keladi va bu çeklov «na örinli, na zaruriy, na mutanosib» degan xulosaga keldi.

AFP agentligining xabar berişiça, Yelisey saroyi Konstitutsiyaviy kengaş qaroriga javoban, prezident Makron boş vazir Sebastyan Lekornyuga imkon qadar tezroq yangi, «huquqiy jihatdan puxta» qonun loyihasini işlab çiqişni topşirganini ma’lum qilgan.

Konstitutsiyaviy kengaş an’anaviy ma’nodagi sud emas. Uning tarkibiga lavozimi böyiça Fransiyaning sobiq prezidentlari kiradi, qolgan a’zolar esa respublika prezidenti va parlament palatalari raislari tomonidan tayinlanadi. Kengaş qonun hujjatlarining Fransiya Konstitutsiyasiga muvofiqligini baholaydi va uning qarorlari qat’iy hisoblanadi.

Makron ma’muriyati prezident hali ham bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq joriy etiş niyatida qat’iy ekaniga işontirdi.

Iyul oyida Senat va Milliy assambleya tomonidan qabul qilingan qonunga köra, kelasi yilning yanvar oyidan 15 yoşga tölmagan şaxslarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş taqiqlanişi kerak edi. Aksariyat ommabop ijtimoiy tarmoqlar 13 yoşdan röyxatdan ötişga ruxsat beradi, biroq voyaga yetmagan foydalanuvçilar uçun muloqot, aloqa örnatiş va ular köradigan kontent borasida qöşimça çeklovlar mavjud.

Sentyabr oyidanoq yangi akkaunt yaratişda yoşni tasdiqlaş talab etilardi, yanvardan boşlab esa Fransiyaning har bir fuqarosi ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş uçun 15 yoşdan oşganini tasdiqlaşi şart bölardi.

Yoşni tekşirişni platformalarning özi – şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş böyiça Fransiya nazorat organi tomonidan ma’qullangan vositalar yordamida amalga oşirişi lozim edi.

Bunday çoralarning zarurligi haqida köplab mamlakatlarda, jumladan, Buyuk Britaniyada ham gap borayotgan bölsa-da, hozirça tegişli qonun faqat Avstraliyada qabul qilinib, kuçga kirgan. Köpgina ekspertlar bu qonun işlamayapti, aksariyat ösmirlar esa hamon ijtimoiy tarmoqlardan bemalol foydalanmoqda, deb hisoblaydi.