Çarlz çerkovga rafiqasi, qiroliça Kamilla hamda qirollik xonadonining boşqa a’zolari bilan birga taşrif buyurgan.

U özi bilan salomlaşiş uçun kelgan odamlar bilan gaplaşib, qöl berib körişgan.

Ayni vaqtda 75 yoşda bölgan Çarlz onkologik kasallikdan davolanayotgani tufayli sönggi haftalarda jamoat joylarida köriniş bermayotgandi.

Foto: HOLLIE ADAMS

U yakşanba kuni çerkovga taşrif buyurgani va odamlar bilan uçraşgani hali jamoat hayotida yana faol qatnaşa boşlaşini körsatmaydi. Bu hozirça şunday qaytiş sari birinçi qadam böldi.

Bukinghem saroyi Çarlzga onkologik kasallik taşxisi qöyilgani haqida fevral oyi boşida e’lon qilgandi. Uning kasalligi yanvarda aniqlangan, öşanda u prostata bezi kattalaşgani yuzasidan davolanişga yotgandi. Qirollik oilasi unda aniqlangan kasallik prostata saratoni emasligini bildirgan.

Foto: REUTERS

Qirol jamoat joylarida köriniş bermay qöyişi ortidan mart oyining ikkinçi yarmida ijtimoiy tarmoqlarda u vafot etgani haqida ham xabar tarqalgandi, ammo bu xabarlar tezda saroy tomonidan rad etib çiqildi.

Mart oyida qirolning kelini, Uels malikasi Keyt Middlton saraton kasalligiga çalingani va kimyoterapiya qabul qilayotgani ma’lum böldi.

Şu tufayli, uning turmuş örtoği, taxt valiahdi bölmiş Uels şahzodasi ham katta ehtimol bilan oilasi yonida böliş uçun öz safarlarini kamaytiradi, ammo jamoat hayotida iştirok etişda davom etadi.

Sönggi oylarda köplab ommaviy tadbirlarda qirollik oilasi nomidan qiroliça Kamilla iştirok etib kelmoqda, xususan, u öz turmuş örtoği borişi kerak bölgan joylarga safarlarni amalga oşirmoqda.

Çarlz va Keyt qaçon faol jamoat hayotiga qaytişi hozirça noma’lum.