Angliyaning ğarbiy qismida AQŞning yuqori martabali harbiy xizmatçisi Rossiya foydasiga josuslik qilişda gumonlanib qölga olindi. Bu haqda 10-noyabr, seşanba kuni dpa axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik maʼlumotlariga köra, 41 yoşli erkak Milliy xavfsizlik töğrisidagi qonunni (National Security Act) buzganlikda gumonlanmoqda.

Xususan, u maxfiy maʼlumotlarni qölga kiritiş yoki boşqalarga uzatiş, şuningdek, xorijiy razvedka xizmatiga kömaklaşişda gumon qilinmoqda.

AQŞ Federal tergov byurosi (FTB) direktori Keş Patel josuslik bilan boğliq ayblovlar «AQŞ va uning ittifoqçilarida jiddiy taşviş uyğotayotganini» bildirdi.

AQŞ harbiy razvedkasi vakili, brigada generali Şon Stinçon ham mazkur voqeaga munosabat bildirdi.

Uning taʼkidlaşiça, maxfiy maʼlumotlardan foydalaniş huquqiga ega bölgan harbiy xizmatçining ehtimoliy xatti-harakatlari «içki tahdidlar haqiqatan ham mavjudligini eslatuvçi jiddiy ogohlantiriş» hisoblanadi.

dpa agentligining aniqlik kiritişiça, harbiy xizmatçini qölga oliş terrorizmga qarşi tergov doirasida amalga oşirilgan.

Britaniya poytaxti politsiyasi maʼlum qilişiça, ayni tergov doirasida Glosterşir grafligidagi ikkita obyektda tintuv ötkazilmoqda.

Qölga olingan harbiy xizmatçi esa Londonda hibsda saqlanmoqda.

AQŞ harbiy samolyotlarining Britaniya aviabazalaridan olib çiqilişi

Amerikalik harbiy xizmatçining hibsga olinişi AQŞ Angliya şarqida joylaşgan Mildenxolldagi Britaniya Qirollik harbiy-havo kuçlari (RAF) bazasidan özining yonilği quyiş samolyotlarini olib çiqib ketganidan bir kun keyin sodir böldi.

The Wall Street Journal gazetasi maʼlumotlariga köra, AQŞ 9-noyabr kuni Eron tomonidan kelayotgan tahdid sababli mazkur samolyotlarni bazadan olib çiqqan.

Biroq Britaniya politsiyasi amerikalik harbiy xizmatçining hibsga olinişi terrorizmga qarşi kuraş sohasida olib borilayotgan boşqa tergovlar bilan boğliq emasligini maʼlum qildi.

Oktabr oyi boşida AQŞ Harbiy-havo kuçlari Angliyadagi yana bir harbiy obyekt - Ferford aviabazasidan B-1 bombardimonçi samolyotlarini olib çiqib ketgani maʼlum bölgan edi.