Qariyb 200 ming kişi yaşaydigan va Orenburg oblastidagi ikkinçi yirik şahar hisoblangan Orskni Ural daryosidan toşib çiqqan suv bosişi davom etmoqda, rasmiylar ma’lum qilişiça, daryodagi suv sathi meteokuzatuvlar tarixidagi eng yuqori darajaga kötarilgan. Töğonlar suv bosimiga doş bera olmagan. Suv bosgan şaharda sirenalar ovozi yangramoqda va ommaviy evakuatsiya davom etmoqda.

Hozirga kelib rasmiy raqamlar quyidagiça köriniş olgan — şaharda 2450 uyni hamda 3285 ta tomorqa yerlarini suv bosgan, Orskda Rossiya FFVning 700 dan ortiq qutqaruvçisi işlamoqda. Evakuatsiya qilinganlar soni böyiça yakşanba kungi ma’lumotlar hali e’lon qilinmadi, bir kun oldin rasmiylar 2 ming kişi xavfsiz joylarga köçirilgani haqida xabar bergandi. Ikki modda böyiça jinoiy iş oçilgan — quriliş işlarida xavfsizlik qoidalarini buziş va sovuqqonlik qiliş böyiça.

«Suv dahşatli kuç bilan yaqinlaşmoqda»

Orsk.ru portal şaharni suv bosişi fotoxronikasini olib bormoqda — yakşanba tongida Gagarin maydoni şunday körinişda

Uralning çap sohilida şanba kuniyoq suv temiryöl vokzaliga kirib kelgandi, undan oldinroq Vokzal şossesidagi tramvay relslarini yuvib ketgandi.

«6-mikrorayon aholisi Krayney köçasidan vokzalga qadar zudlik bilan vaqtinça joylaştiriş punktlariga evakuatsiya qilinişi kerak. Evakuatsiya avtobuslari Krayney köçasidagi „Pyateroçka“ dökoni oldida kutadi», — deyiladi Orsk meriyasi e’lonida.

Mahalliy telegram-kanallar ham şunday ogohlantirişlar berilgan: «6- mikrorayon. Suv tezlik bilan kötarilmoqda», «6- mikrorayon ayni damda! Krayney köçasini suv bosdi, köp kvartiralarga qarab ketmoqda!», «Orskning 6-mikrorayoni. Suv dahşatli kuç bilan yaqinlaşmoqda!»

10 yildan köproq vaqt oldin Orskda Uralning ikki sohiliga yaqin hududlarda sohil töğonlari qurilgandi. Bunday töğonlar tuproq va toşdan bunyod etiladi. Ularning vazifasi bahorgi toşqinlar çoğida turar joylar hududiga suv kelişining oldini oliş hisoblanadi.

Bu yilda suv toşqini kuçliroq bölib çiqdi. Şu tufayli oqimning yuqori qismidagi GESda Iriklinskiy suv omboridan köproq suv çiqarişga töğri keldi. Töğonlar esa rekord darajadagi suv bosimiga doş berolmadi.

Juma kuni Uralning çap sohilida ilk töğon buzilişi röy berdi va Eski şaharni suv bosişi boşladi. Bu hudud asosan kottejlardan iborat va şanba kuni kunduzi katta maydon jigarrang suv bilan qoplandi.

Bir kun içida Orskda suv bosgan hudud bir neça bor kengaydi. Yakşanba tongida yana uçta köça aholisi evakuatsiyasi e’lon qilindi, suv bosgan mikrorayonlar esa elektr va gazdan uzildi.

Çap sohil ortidan öng sohil ham

Şanba kuni Eski şahardan öng sohildagi Yangi şaharga köçirilgandi, bu hududda köp qavatli turar joy binolari va turli korxonalar joylaşgan. Şanba kuni keçqurun suv bu yerga ham yetib keldi.

Birinçidan, Gagarin maydonini suv bosdi, u şahar avtovokzali oldida joylaşgan, qutqaruvçilar va maxsus texnikalar evakuatsiya qilingan odamlarni daryo orqali şu yerga keltirayotgan, odamlar bu yerdan avtobuslarda qarindoşlarinikiga yoki vaqtinça joylaştiriş markazlariga yöl olişi mumkin edi. Endilikda evakuatsiya markazini toşqin daryo sohilidan yanada uzoqroqqa köçirişga töğri kelgan.

Suv avtovokzal hududidan markaziy Stroiteley köçasi böylab harakatlandi va köp kvartirali uylar joylaşgan qöşni köçalarga tarqaldi. Tunda suv uylarning pod’yezdlariga kirib keldi. Odamlar tizza böyi suv keçib uylarini tark etmoqda. «Stroiteley köçasidagi vaziyat yomonlaşgandan yomonlaşmoqda. Tok öçirilgan», — deya vaziyatni tasvirlaydi Orsk.ru portali.

Tongdayoq Gagarin maydonida allaqaçon qayiqlar suzayotgandi, köp qavatli uylarning hovlilari suv bilan tölgandi. Şu bilan birga, avtovokzalni suv bosmagan.

Ikkinçidan, şanba kuni keçqurun Nikel işçilar posyolkasi suv ostida qola boşlagan — u şaharning öng sohildagi qismi çekkasida joylaşgan. FVV uşbu hududda ikkinçi töğon buzilganini tasdiqlagan.

Guvohlar uylarga suv tez sur’atlarda yaqinlaşib kelayotgani aks etgan kadrlarni e’lon qilgan. Köçalarga favqulodda evakuatsiya amalga oşiriş uçun qutqaruvçilarning texnikalari keltirilgan, atrofni sirena ovozlari töldirgan. Politsiya maşinalari ovozkuçaytirgiçlar bilan hududni aylanmoqda. «15-20 daqiqa ötgaç yölni suv bosadi», — deydi videolardan birida mahalliy aholi vakili.

«Yoriliş röy berdi — Bogrisoglebskiy rayonidagi köçalarga suv toşib çiqdi. Va suv tezlik bilan şaharning uşbu qismiga bostirib kelmoqda, — degan jurnalistlarga Orsk meri Vasiliy Kozupitsa. — Keça suv tezda kirib kelişi evakuatsiya jarayonini qiyinlaştirgan Eski şaharda olingan aççiq saboqdan kelib çiqqan holda öz vaqtida evakuatsiya işlari amalga oşirildi».

Orskning Eski şahar qismi — bu hududda asosan xususiy sektor joylaşgan
Foto: YEGOR ALEYEV/TASS

Ammo Nikel posyolkasida yaşovçilarning barçasi ham ketişga rozilik bermagan. «Biz uçinçi qavatda turamiz — nima uçun evakuatsiya bölişimiz kerak? — deydi mahalliy aholi vakillaridan biri Orsk.ru muxbiriga. — Biz suv va yegulikni ğamlab oldik. Qörqmaymiz».

«Bu vaziyat 1957 yilni takrorlamoqda. Öşanda suv toşqini bölgan va Nikel [posyolkasi] suv ostida qolgan. Faqat öşanda töğonlar bölmagan. Hozir ham barçasi şunday ssenariyda keçyamoqda. Ammo [Nikelçilar] prospekti suv ostida qolmasa kerak: suv çapdan, jarlik orqali kölga ketişi mumkin», — degan «Orenburg Media» naşriga qutqaruvçilarga yordamlaşayotgan mahalliy aholi vakili Aleksey.

Yangi sirenalar ovozi eşitilgaç, qutqaruvçilar köngillilardan öz maşinalarini olib ketişni söragan, çunki Nikelçilar prospekti ham suv bosgan hududga aylangan. «Posyolka bir keçada suv ostida qoldi», — deya yozadi naşr.

Favqulodda xizmatlar RIA Novostiga xabar berişiça, Orskning suv bosgan hududida uç kişining jasadi topilgan. 

7 aprel tongida mahalliy rasmiylar voqealarning «eng yomon ssenariysi»da hududda 6644 ta turar joy suv ostida qolişi mumkinligini bildirdi.

Orskda aholini evakuatsiya qiliş jarayoni, 2024 yil 6 aprel
Russian Ministry of Emergency / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Orenburgda ham vaziyat yomonlaşa boşlagan

Oblast rasmiylari suv oqimini «barqaror» deb aytayotgandi, ammo 6 aprel kuni keçqurun Orenburg şahridagi avtomobillar harakati çeklandi va Uralskaya köçasida tösiqlar örnatildi. Bundan taşqari, Ovçinniy mikrorayonidagi bir neça köçalardagi uylar elektr ta’minotidan uzildi.

7 aprel tongida şahar ma’muriyati Orenburg hududida Ural suvi yana 28 santimetrga kötarilganini ma’lum qildi. Mahalliy «Ural56» naşri qayd etişiça, suv sathi 856 santimetrga yetgan, 930 santimetrlik daraja xavfli hisoblanadi.

Şahar hududida 1347 ta uyga suv kirib kelgan, 428 kişi, jumladan 27 bola evakuatsiya qilingan. Keyinroq rasmiylar Orenburgda 403 ta turar joy suv ostida qolgani, 889 kişi evakuatsiya qilingani, şundan 229 nafari bolalar ekanini ma’lum qildi.

Hukumat Orenburg şahri va xavf yuqori bölgan qişloqlar aholisiga «vaziyat yomonlaşişini kutmasdan» öz uylarini tark etişga çaqirgan. Şahar rahbari Sergey Salmin avvalroq xavfli hududlardagi uylarini öz ixtiyori bilan tark etmaganlar majburan evakuatsiya qilinişi haqida ogohlantirgandi.

Orenburg oblasti rahbari Denis Pasler 7 aprel tongida ötgan kun davomida Iriklinskiy suv omboriga suvning umumiy oqimi kamaygani va hozirgi vaziyat soniyasiga suv taşlaş hajmini 500 kub metrga kamaytirib — 1670 kub metrgaça tuşirişga imkon berişini aytgandi. Ammo ma’muriyat suv toşqini bilan boğliq jarayonlar «hozirça sur’atni pasaytirmayotgani»ni ta’kidlagan. Gubernator Denis Pasler 2024 yilgi suv toşqinini Orenburg oblastidagi kuzatuvlar tarixidagi eng yirigi deb atagan.

«Ikki-uç kundan keyin pasayiş qaçon kutilişini aytiş mumkin böladi», — deya qöşimça qilgan gubernator.

Orsk meri şanba kuni Uraldagi suv sathi faqat ikki-uç haftadan keyin pasaya boşlaşi mumkinligini aytgandi.

Orsk aholisi evakuatsiya qilinişi
Sergey Niikiforov / Sputnik / Scanpix / LETA

Kreml ham Orenburg oblastidagi vaziyatga e’tibor qaratdi

Şanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin FXX rahbari Aleksandr Kurenkovga «barça zarur işlarni voqea joyida taşkillaştiriş» uçun zudlik bilan şu yerga uçişga topşiriq bergan. Yakşanba kuni Kurenkov Orsk yetib kelgan.

Kurenkov eng oğir vaziyat Orsk şahrining Lenin rayoni va Eski şahar hududida kuzatilayotganini aytgan. U hodisa oqibatlarini bartaraf etiş uçun kuç va vositalar «yetarli» ekanini ta’kidlagan.

Qöşni Kurgan oblasti ham xavf ostida qolmoqda. Region rahbari Vadim Şumkov 6 aprel kuni keçqurun «qöşnilarda suv oqimi ortişi tufayli» toşqin böyiça prognoz keskin yomonlaşganini xabar qildi. Uning sözlariga köra, Kurgan hududida daryo sathi 1994 yildagi kabi töqqiz metrga kötarilişi kutilmoqda. Şumkov öz xabarida suv ostida qolişi mumkin bölgan aholi yaşaş manzillarini sanagan.

Mahalliy telegram-kanallar bunday Uralni oldin körişmaganini yozişgan (fotoda — Eski şahardagi sektor, bu hudud şanbaga ötar keçasi suv ostida qola boşlagandi)
Foto: YEGOR ALEYEV/TASS